Shavkat Mirziyoyev Kuvayt amiri vafoti munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti.
Shavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Kuvayt xalqiga hamda marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirdi.
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kuvayt Davlati Valiahdi shayx Mish’al al-Ahmad al-Jobir as-Sabohga uning akasi, Kuvayt Amiri shayx Navof al-Ahmad al-Jobir as-Saboh vafot etgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
"Davlatimiz rahbari Kuvayt xalqiga hamda marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirdi", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, kecha Kuvayt amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 86 yoshida vafot etdi. Noyabr oyi oxirida amir sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingan edi. Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 1937-yil 25-iyunda Kuvaytda tug‘ilgan. U 1921-1950 yillardagi Kuvayt hukmdori shayx Ahmad al-Jobir as-Saboh avlodi.
Yangiliklar lentasi
0