Samarqand va Pxuket turizm sohasida hamkorlik qilmoqchi — tafsilotlar

© IA "Dunyo"Perspektivi partnerstva obsudili v xode vstrechi generalniy konsul Uzbekistana v Bangkoke Faxriddin Sultonov i gubernator Pxuketa Sofon Suvannatar
Perspektivi partnerstva obsudili v xode vstrechi generalniy konsul Uzbekistana v Bangkoke Faxriddin Sultonov i gubernator Pxuketa Sofon Suvannatar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2023
Obuna bo‘lish
Samarqand va Pxuket o‘rtasida birodarlashgan shaharlar to‘g‘risida memorandum imzolanishi kutilmoqda.
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Tailandning musulmon aholisi uchun O‘zbekistonga ziyorat turizm turlarini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda, deya xabar berdi “Dunyo” AA.
O‘zbekistonning Bangkok shahridagi bosh konsuli Faxriddin Sultonov Tailandning Pxuket provinsiyasi gubernatori Sophon Suvannarat bilan uchrashdi. Unada O‘zbekiston va Tailand o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va konsullik sohalarida ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish va hududlararo munosabatlarni o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
"Samarqand va Pxuket o‘rtasida birodarlashgan shaharlar to‘g‘risida memorandum imzolash, Tailandning musulmon aholisi uchun O‘zbekistonga ziyorat turizm turlarini ishlab chiqish, mazkur provinsiyasida mamlakatimiz Faxriy konsulini tayinlash muloqotning asosiy mavzulari bo‘ldi", — deyiladi xabarda.
Uchrashuv yakunida 2024-yilda Pxuket turizm ma’muriyati, mahalliy avia va sayyohlik kompaniyalari, mehmonxona tarmoqlari vakillarining O‘zbekistonga amaliy safarini tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0