Rossiyaning uchta hududida Ukrainaning 33 ta droni urib tushirildi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota raschetov RSZO "Tornado-G" 1-y gvardeyskoy tankovoy armii ZVO v LNR
Boyevaya rabota raschetov RSZO Tornado-G 1-y gvardeyskoy tankovoy armii ZVO v LNR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2023
Obuna bo‘lish
Havo mudofaasi Lipesk, Rostov va Volgograd viloyatlari ustida 33 ta uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi.
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Kechasi havo hujumidan mudofaa vositalari Lipes, Rostov va Volgograd viloyatlari uzra 33 ta Ukraina uchuvchisiz uchish apparatini yo‘q qildi va tutib oldi. Bu haqida RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, zarba berishga urinish terakt sifatida baholangan.
“Havo hujumidan mudofaa tizimlarining navbatchilik vositalari Lipesk, Rostov va Volgograd viloyatlari hududlarida Ukrainaning 33 ta uchuvchisiz uchish apparatlarini yo‘q qildi va tutib oldi”, — deyiladi xabarda.
Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubevning aniqlik kiritishicha, hududga uchuvchisiz uchoqning yirik hujumi natijasida qurbonlar yo‘q.
Ukraina qurolli kuchlari muntazam ravishda Rossiya bilan chegaradosh hududlarni o‘qqa tutmoqda, uchuvchisiz havo hujumlari va sabotaj ishlarini amalga oshirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0