Boks: Murodjon Ahmadaliyev raqibini muddatidan oldin mag‘lub etdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMurodjon Axmadaliyev stal chempionom mira
Murodjon Axmadaliyev stal chempionom mira - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2023
Obuna bo‘lish
Professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev AQShda navbatdagi jangini o‘tkazdi.
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev raqibini muddatidan oldin mag‘lub etdi, deya xabar berdi Yoshlar siyosati va sport vazirligi.
Professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev AQShda navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Arizona shtatida tashkil etilgan boks oqshomida u meksikalik Kevin Gonsalesga qarshi ringga ko‘tarildi. 12 raund etib belgilangan jang muddatidan oldin yakunlandi.
"6-raundda Murodjon raqibini ikki marotaba nokdaun holatiga tushirdi. 8-raundga kelib yana bir nokdaun qayd etildi va Ahmadaliyev bosimni davom ettirdi. Shundan so‘ng, referi jangni to‘xtatib, texnik nokaut qayd etdi", — deyiladi xabarda.
O‘zbek bo‘kschisi navbatdagi g‘alabani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa, Murodjon yana kamarlar uchun da’vogarga aylanib oldi.
Isroil Madrimov, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2023
WBA yangilangan reytingi: o‘zbekistonlik bokschilar nechanchi o‘rinlarda
Yangiliklar lentasi
0