https://oz.sputniknews.uz/20231216/zelenskiyning-aqshga-qadami-ukrainani-ogir-ahvolga-solib-qoydi-oav-41594494.html
Zelenskiyning AQShga qadami Ukrainani og‘ir ahvolga solib qo‘ydi — OAV
Zelenskiyning AQShga qadami Ukrainani og‘ir ahvolga solib qo‘ydi — OAV
Sputnik O‘zbekiston
Maqolada ta’kidlanishicha, Bayden ma’muriyati Ukrainaning yuqori martabali amaldorlariga kelgusida siyosiy bosimga yo‘l qo‘ymaslik uchun Kongressdagi respublikachilar bilan aloqalarni to‘xtatishga bir necha bor ko‘rsatma bergan.
2023-12-16T15:01+0500
2023-12-16T15:01+0500
2023-12-16T15:01+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
vladimir zelenskiy
ukraina
aqsh
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/08/37672524_0:0:3000:1688_1920x0_80_0_0_79e0d132ed9fc75b9b26c529b70111e0.jpg
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning AQShga tashrifi Kiyev uchun vaziyatni yanada yomonlashtirdi, deb yozadi “Foreign Policy” nashri.Maqolada ta’kidlanishicha, Bayden ma’muriyati Ukrainaning yuqori martabali amaldorlariga kelgusida siyosiy bosimga yo‘l qo‘ymaslik uchun Kongressdagi respublikachilar bilan aloqalarni to‘xtatishga bir necha bor ko‘rsatma bergan.Ukrainaning qarshi hujumi 4-iyun kuni boshlandi, biroq Ukraina Qurolli kuchlari hech qanday yo‘nalishda sezilarli muvaffaqiyatga erisha olmadi. Vladimir Putin ta’kidlaganidek, “qarshi hujum” muvaffaqiyatsiz bo‘ldi.Shu fonda G‘arb ommaviy axborot vositalari AQSh va Yevropa Ittifoqi Ukraina inqirozidan charchay boshlagani, Vladimir Zelenskiyni qo‘llab-quvvatlash zaiflashayotgani haqida tobora ko‘proq yozmoqda. NBC xabariga ko‘ra, Amerika va Yevropa rasmiylari hozirdanoq Kiyev rasmiylari bilan Rossiya bilan tinchlik muzokaralarining mumkin bo‘lgan oqibatlarini, jumladan, kelishuvga erishish uchun sobiq Sovet respublikasi nimalardan voz kechishi mumkinligini muhokama qilmoqda.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/08/37672524_332:0:3000:2001_1920x0_80_0_0_604a64f9a90a7e4859472acc0b2e0640.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
zelenskiyning aqshga qadami ukrainani og‘ir ahvolga solib qo‘ydi — oav
zelenskiyning aqshga qadami ukrainani og‘ir ahvolga solib qo‘ydi — oav
Zelenskiyning AQShga qadami Ukrainani og‘ir ahvolga solib qo‘ydi — OAV
Maqolada ta’kidlanishicha, Bayden ma’muriyati Ukrainaning yuqori martabali amaldorlariga kelgusida siyosiy bosimga yo‘l qo‘ymaslik uchun Kongressdagi respublikachilar bilan aloqalarni to‘xtatishga bir necha bor ko‘rsatma bergan.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning AQShga tashrifi Kiyev uchun vaziyatni yanada yomonlashtirdi,
deb yozadi “Foreign Policy” nashri.
“Respublikachilar chegaradagi inqiroz sharoitida Ukrainani moliyalashtirishni davom ettirishni istamayapti. Kongressmenlar e’tibori shu muammoga qaratilgan bir paytda, Vashingtonga pul so‘rash uchun kelgan Zelenskiy vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda”, - deyiladi xabarda.
Maqolada ta’kidlanishicha, Bayden ma’muriyati Ukrainaning yuqori martabali amaldorlariga kelgusida siyosiy bosimga yo‘l qo‘ymaslik uchun Kongressdagi respublikachilar bilan aloqalarni to‘xtatishga bir necha bor ko‘rsatma bergan.
“Oq uy Zelenskiydan Kapitoliy tepaligi bilan Zoom qo‘ng‘iroqlarini to‘xtatishni so‘radi. Bundan tashqari, Bayden ma’muriyati Kongress yetakchilarining Kiyevda Ukrainaning yuqori martabali amaldorlari bilan muntazam aloqa o‘rnatishga bo‘lgan boshqa urinishlariga ham to‘sqinlik qildi”, - deb yozadi muallif.
Ukrainaning qarshi hujumi 4-iyun kuni boshlandi, biroq Ukraina Qurolli kuchlari hech qanday yo‘nalishda sezilarli muvaffaqiyatga erisha olmadi. Vladimir Putin ta’kidlaganidek, “qarshi hujum” muvaffaqiyatsiz bo‘ldi.
Shu fonda G‘arb ommaviy axborot vositalari AQSh va Yevropa Ittifoqi Ukraina inqirozidan charchay boshlagani, Vladimir Zelenskiyni qo‘llab-quvvatlash zaiflashayotgani haqida tobora ko‘proq yozmoqda. NBC xabariga ko‘ra, Amerika va Yevropa rasmiylari hozirdanoq Kiyev rasmiylari bilan Rossiya bilan tinchlik muzokaralarining mumkin bo‘lgan oqibatlarini, jumladan, kelishuvga erishish uchun sobiq Sovet respublikasi nimalardan voz kechishi mumkinligini muhokama qilmoqda.