Otkritie informatsionnogo sentra SIK RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2024
Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil
Rossiya prezidenti saylovlari 2024-yil 15-martdan 17-martgacha bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonda ovoz berish uchun 17-mart kuni Toshkent va Samarqandda saylov uchastkalari ochiladi.

Saylovchilar guruhi Putinning Rossiya prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatilishini qo‘lladi

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tish"Pramaya liniya" i bolshaya press-konferensiya prezidenta RF V. Putina
Pramaya liniya i bolshaya press-konferensiya prezidenta RF V. Putina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2023
Obuna bo‘lish
Putin o‘tgan hafta prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini e’lon qilgan edi.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Saylovchilar guruhi Vladimir Putinning 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan Rossiya prezidenti sayloviga nomzod sifatida ko‘rsatilishini qo‘llab-quvvatladi, deb xabar berdi RIA Novosti muxbiri.
“Kim Rossiya prezidenti lavozimiga Vladimir Vladimirovich Putin nomzodini qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lsa, ovoz bering”, - deb so‘radi Xalq fronti ijroiya qo‘mitasi rahbari Mixail Kuznetsov.
Ovoz berishdan so‘ng u saylovchilar guruhi Putin nomzodini ko‘rsatish bo‘yicha bir ovozdan qaror qabul qilganini ma’lum qildi.
Putin o‘tgan hafta prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini e’lon qilgan edi. Bungacha u to‘rt marta: 2000, 2004, 2012 va 2018-yillarda prezidentlik lavozimiga saylangan. Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar qabul qilingandan so‘ng u 2024-yilda nomzod sifatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Federatsiya Kengashi Rossiya prezidenti saylovini 2024-yil 17-martga belgiladi. Rossiya Markaziy saylov komissiyasi qaror qabul qildi, unga ko‘ra ovoz berish uch kun – 15-17 mart kunlari davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0