Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik mustahkamlanib bormoqda — Manturov

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishMinistr promishlennosti i torgovli RF Denis Manturov na plenarnoy sessii "Mejdunarodnie promishlennie proyekti v Sentralnoy Azii" v ramkax Mejdunarodnoy promishlennoy vistavki "Innoprom" v Tashkente.
Ministr promishlennosti i torgovli RF Denis Manturov na plenarnoy sessii Mejdunarodnie promishlennie proyekti v Sentralnoy Azii v ramkax Mejdunarodnoy promishlennoy vistavki Innoprom v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, energetika, geologiya va yer osti boyliklaridan foydalanish, transport, agrosanoat sektori, raqamli texnologiyalar, ijtimoiy-madaniy va gumanitar loyihalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik mustahkamlanib bormoqda, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi dinamikasi ham bundan dalolat beradi. Bu haqda juma kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan Rossiya-O‘zbekiston hukumatlararo iqtisodiy hamkorlik komissiyasining 24-yig‘ilishida Denis Manturov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi.
“Juda murakkab geosiyosiy vaziyatga qaramay, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik mustahkamlanib bormoqda. Buni bir qator omillar, jumladan, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi dinamikasi ham tasdiqlaydi. Ma’lumki, 2022-yil bu borada rekord bo‘ldi - 785 milliard rubl. Joriy yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha biz 11,5 foiz darajasida yaxshi o‘sishni qayd etdik. Bizning ustuvor vazifamiz – 2030-yilga borib o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini ikki baravar oshirish”, - dedi Denis Manturov.
Ta’kidlanishicha, energetika, geologiya va yer osti boyliklaridan foydalanish, transport, agrosanoat sektori, raqamli texnologiyalar, ijtimoiy-madaniy va gumanitar loyihalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish rejalashtirilgan.
Rossiya O‘zbekiston uchun muhim investor hisoblanadi. Xabarda aytilishicha, 3000 ga yaqin Rossiya kompaniyalari do‘st davlat iqtisodiyotiga 1,2 trillion rublga yaqin sarmoya kiritgan.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha Denis Manturov va O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Rossiya-O‘zbekiston komissiyasining 24-yig‘ilishi bayonnomasini imzoladilar.
Yangiliklar lentasi
0