https://oz.sputniknews.uz/20231216/mirziyoev-qatar-delegatsiyasini-qabul-qildi-tafsilotlar-41589024.html
Mirziyoyev Qatar delegatsiyasini qabul qildi — tafsilotlar
Mirziyoyev Qatar delegatsiyasini qabul qildi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
2023-12-16T09:58+0500
2023-12-16T09:58+0500
2023-12-18T11:48+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
qatar
korrupsiya
hamkorlik
suma chakrabarti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/10/41587911_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_a3680b3e6b1aeb58942e861e3ee71e49.jpg
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 15-dekabr kuni Qatar Davlatining Qonun ustuvorligini ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha markazi Vasiylik kengashi raisi Ali Muhsin al-Marriy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Uchrashuv avvalida rais al-Marriy davlat rahbariga Qatar Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniyning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, tajriba almashish va qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani tasdiqlandi.Mirziyoyev 15-dekabr kuni, shuningdek, iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi.O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturining natijadorligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarning borishi va kelgusi rejalar ko‘rib chiqildi.O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayoni va mamlakatning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yuksaltirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
o‘zbekiston
qatar
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/10/41587911_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_4934ac3ebfc39ba9fe8f96d13004b02e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev qatar delegatsiyasini qabul qildi — tafsilotlar
mirziyoyev qatar delegatsiyasini qabul qildi — tafsilotlar
Mirziyoyev Qatar delegatsiyasini qabul qildi — tafsilotlar
09:58 16.12.2023 (yangilandi: 11:48 18.12.2023) O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 15-dekabr kuni Qatar Davlatining Qonun ustuvorligini ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha markazi Vasiylik kengashi raisi Ali Muhsin al-Marriy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. Uchrashuv avvalida rais al-Marriy davlat rahbariga Qatar Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniyning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bo‘lajak muhim xalqaro tadbir – Qatar Amiri tashabbusi bilan ta’sis etilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashishda ulkan yutuqlar uchun” global mukofotini topshirish marosimini O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyorgarlikning borishi ko‘rib chiqildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, tajriba almashish va qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani tasdiqlandi.
Mirziyoyev 15-dekabr kuni, shuningdek, iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturining natijadorligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarning borishi va kelgusi rejalar ko‘rib chiqildi.
Investitsiya va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish, xorijdagi yetakchi kompaniya va moliyaviy institutlarni jalb qilgan holda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yirik loyihalarni ilgari surish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayoni va mamlakatning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yuksaltirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.