Valeriy Gergiyev Toshkentda konsert berdi — video

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda may oyida boshlangan “Rus fasllari” doirasida respublikaning turli shaharlarida 50dan ortiq madaniy tadbirlar o‘tkazildi.
“Rus fasllari” Gergiyev boshchiligidagi Mariinskiy simfonik orkestrining konserti bilan yakunlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Kechada Chaykovskiy, Shedrin, Bize asarlari ijro etildi. Konsertdan so‘ng Chaykovskiy nomidagi XVII Xalqaro tanlov laureatlari Sofiya Viland (nay) Ravil Islyamov (skripka) Zinaida Sarenkolar (messo-soprano) sahnaga chiqishdi.
“Rus fasllari” may oyidan dekabrga qadar O‘zbekistonning turli shaharlarida bo‘lib o‘tdi, O‘tgan davr ichida 50dan ortiq madaniy tadbirlar o‘tkazildi. Loyiha Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Madaniyat vazirliklari ko‘magida amalga oshirildi. Tafsilotlar Sputnik videosida.
Yangiliklar lentasi
0