https://oz.sputniknews.uz/20231215/parrandasanoat-uyushmasi-va-rossiya-kompaniyasi-ortasida-memorandum-imzolandi-41575549.html
“Parrandasanoat” uyushmasi va Rossiya kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolandi — batafsil
“Parrandasanoat” uyushmasi va Rossiya kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolandi — batafsil
Sputnik O‘zbekiston
“Parrandasanoat” uyushmasi har yili an’anaviy tarzda “O‘zbekiston parrandachilarining xalqaro forumi”ni tashkil etib kelmoqda.
2023-12-15T13:35+0500
2023-12-15T13:35+0500
2023-12-15T14:15+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
qishloq xo‘jaligi vazirligi
forum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/0f/41575105_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_80852b7e3cd3ec34167c97a2a0c32553.jpg
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Parrandasanoat” uyushmasi va Rossiyaning “Techno” kompaniyasi o‘rtasida ikki tomonlama memorandum imzolandi. Kelishuvga ko‘ra, endilikda O‘zbekistondagi parranda fabrikalarida o‘rnatilgan eski asbob-uskunalar eng zamonaviylariga almashtiriladi, deya xabar berdi vazirlik axborot xizmati. “Parrandasanoat” uyushmasi har yili an’anaviy tarzda “O‘zbekiston parrandachilarining xalqaro forumi”ni tashkil etib kelmoqda.Yaqinda bo‘lib o‘tgan VI forumda asosiy e’tibor mahalliy ishlab chiqaruvchilar tajribasini oshirish, sohaga xorijiy innovatsiyalarni jalb qilish, dunyo miqyosida parrandachilik yo‘nalishidagi yangiliklar xususida bo‘ldi.To‘rt bosqichda tashkil etilgan forumda Fransiya, Vengriya, Finlandiya, Rossiya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Indoneziya, Germaniya va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan 30 nafar ekspert ma’ruza qildi.Yangi kelishuvlar platformasi vazifasini bajargan anjumanda O‘zbekistonning eksport-import salohiyatiga sezilarli ta’sir o‘tkazuvchi hamkorlik loyihalari muhokama qilindi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/0f/41575105_71:0:1210:854_1920x0_80_0_0_abf1910bbbfe812a62d4c4d74797a2d6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“parrandasanoat” uyushmasi va rossiya kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolandi — batafsil
“parrandasanoat” uyushmasi va rossiya kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolandi — batafsil
“Parrandasanoat” uyushmasi va Rossiya kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolandi — batafsil
13:35 15.12.2023 (yangilandi: 14:15 15.12.2023) “Parrandasanoat” uyushmasi har yili an’anaviy tarzda “O‘zbekiston parrandachilarining xalqaro forumi”ni tashkil etib kelmoqda.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Parrandasanoat” uyushmasi va Rossiyaning “Techno” kompaniyasi o‘rtasida ikki tomonlama memorandum imzolandi. Kelishuvga ko‘ra, endilikda O‘zbekistondagi parranda fabrikalarida o‘rnatilgan eski asbob-uskunalar eng zamonaviylariga almashtiriladi, deya
xabar berdi vazirlik axborot xizmati.
“Parrandasanoat” uyushmasi har yili an’anaviy tarzda “O‘zbekiston parrandachilarining xalqaro forumi”ni tashkil etib kelmoqda.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan VI forumda asosiy e’tibor mahalliy ishlab chiqaruvchilar tajribasini oshirish, sohaga xorijiy innovatsiyalarni jalb qilish, dunyo miqyosida parrandachilik yo‘nalishidagi yangiliklar xususida bo‘ldi.
Forumda yigirmaga yaqin mamlakatdan 100 dan ortiq yirik parrandachilik korxonasi vakillari, ilg‘or xorijiy kompaniyalar, 400 dan ortiq mahalliy tadbirkor o‘rtasida muzokaralar natijasida kelishuvlarga erishildi.
To‘rt bosqichda tashkil etilgan forumda Fransiya, Vengriya, Finlandiya, Rossiya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Indoneziya, Germaniya va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan 30 nafar ekspert ma’ruza qildi.
Forum doirasida xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida uchrashuvlar, xizmat safarlari hamda turli tadbirlar tashkil etildi. Ularga avvalgi anjuman doirasida tayyorlanib, 2023-yildagi axborotlar bilan boyitilgan “O‘zbekiston parrandachilari ma’lumotnomasi” taqdim etildi.
Yangi kelishuvlar platformasi vazifasini bajargan anjumanda O‘zbekistonning eksport-import salohiyatiga sezilarli ta’sir o‘tkazuvchi hamkorlik loyihalari muhokama qilindi.