https://oz.sputniknews.uz/20231215/mirziyoev-avtomobilsozlikni-rivojlantirish-boyicha-takliflar-bilan-tanishdi-tafsilotlar-41566226.html
Mirziyoyev avtomobilsozlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi — tafsilotlar
Mirziyoyev avtomobilsozlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Davlat rahbari “O‘zavtosanoat”ni transformatsiya qilishni jadallashtirish, xarajatlarni kamaytirish lozimligini ta’kidladi.
2023-12-15T10:00+0500
2023-12-15T10:00+0500
2023-12-15T11:26+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
avtomobil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/0f/41566455_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_55110f4e9aeadef92ee44186bb9e122f.jpg
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 14-dekabr kuni, avtomobilsozlik va qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Shuningdek, bu sohada 2 mingdan ziyod korxona yaxlit kooperatsiya tarmog‘iga bog‘landi va 50 foiz mahalliylashtirish ta’minlandi. Shu bilan birga, bozorda talab hali ham yuqori. Ham tashqi, ham ichki bozorda avtozavodlar o‘rtasida raqobat kuchaymoqda. Endi “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati ham mahsulotlar modelini kengaytirib, sifatini yaxshilash, tannarxni kamaytirib, raqobat muhitida ishlashga o‘tishi zarur.Taqdimotda shu boradagi chora-tadbirlar, tarmoq oldidagi vazifalar muhokama qilindi.Xususan, O‘zbekistonda yengil avtomobil ishlab chiqarishni 2030-yilgacha 1 million donaga yetkazish maqsad qilingan. Yig‘ilishda bu borada 2024-yilda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.Davlat rahbari “O‘zavtosanoat”ni transformatsiya qilishni jadallashtirish, xarajatlarni kamaytirish lozimligini ta’kidladi.Bugungi kunda jahondagi yetakchi avtozavodlar elektromobil ishlab chiqarishga o‘tmoqda. O‘zbekiston sanoatchilari ham tezroq bu yo‘nalishni o‘zlashtirib, zamon talabiga moslashmasa, kelgusida bozorda o‘rin topishi yanada qiyin bo‘ladi. Bu borada ilk loyihalar boshlangan. Kelgusi yilda shunday zavod ishga tushirilib, 10 mingta elektromobil ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan.Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ida bu yil 3 ming 500 donadan ortiq texnika ishlab chiqarilgan. 2030-yilgacha bu miqdorni yiliga 16 ming donaga yetkazish mo‘ljallangan.Mahalliy texnika xaridini qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish, klaster va fermerlarni jalb etib, bu borada buyurtmalar shakllantirish zarurligi ta’kidlandi va qo‘shimcha choralar belgilandi. Milliy traktorni mahalliylashtirish darajasini 35 foizga, osma texnika va tirkamalarni o‘rtacha 60 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/0f/41566455_36:0:1173:853_1920x0_80_0_0_35cfeed1f3fdf83c65725f80be8d882f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev avtomobilsozlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi — tafsilotlar
mirziyoyev avtomobilsozlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi — tafsilotlar
Mirziyoyev avtomobilsozlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi — tafsilotlar
10:00 15.12.2023 (yangilandi: 11:26 15.12.2023) Davlat rahbari “O‘zavtosanoat”ni transformatsiya qilishni jadallashtirish, xarajatlarni kamaytirish lozimligini ta’kidladi.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 14-dekabr kuni, avtomobilsozlik va qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida bu sanoat tarmoqlari izchil modernizatsiya qilinmoqda. Logistikadagi qiyinchiliklarga qaramasdan, so‘nggi yillarda avtomobil ishlab chiqarish 3 barobar ko‘payib, joriy yil yakunida 415 ming donaga yetishi kutilmoqda. Sohada davlat monopoliyasini yo‘q qilish va raqobatni rivojlantirish maqsadida 3 ta yangi xususiy korxona va nufuzli xorijiy brendlar jalb etildi. Bugun O‘zbekistondagi 8 ta zavodda o‘nlab turdagi avtomobillar, yuk va yo‘lovchi tashish transportlari, qishloq xo‘jaligi va maxsus texnikalar ishlab chiqarilmoqda.
Shuningdek, bu sohada 2 mingdan ziyod korxona yaxlit kooperatsiya tarmog‘iga bog‘landi va 50 foiz mahalliylashtirish ta’minlandi.
Shu bilan birga, bozorda talab hali ham yuqori. Ham tashqi, ham ichki bozorda avtozavodlar o‘rtasida raqobat kuchaymoqda. Endi “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati ham mahsulotlar modelini kengaytirib, sifatini yaxshilash, tannarxni kamaytirib, raqobat muhitida ishlashga o‘tishi zarur.
Taqdimotda shu boradagi chora-tadbirlar, tarmoq oldidagi vazifalar muhokama qilindi.
Xususan, O‘zbekistonda yengil avtomobil ishlab chiqarishni 2030-yilgacha 1 million donaga yetkazish maqsad qilingan. Yig‘ilishda bu borada 2024-yilda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.
Davlat rahbari “O‘zavtosanoat”ni transformatsiya qilishni jadallashtirish, xarajatlarni kamaytirish lozimligini ta’kidladi.
Bugungi kunda jahondagi yetakchi avtozavodlar elektromobil ishlab chiqarishga o‘tmoqda. O‘zbekiston sanoatchilari ham tezroq bu yo‘nalishni o‘zlashtirib, zamon talabiga moslashmasa, kelgusida bozorda o‘rin topishi yanada qiyin bo‘ladi. Bu borada ilk loyihalar boshlangan. Kelgusi yilda shunday zavod ishga tushirilib, 10 mingta elektromobil ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan.
Prezident bu yo‘nalishga alohida e’tibor qaratish muhimligini ta’kidlab, tarmoq korxonalarida elektromobillar uchun butlovchi qismlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ida bu yil 3 ming 500 donadan ortiq texnika ishlab chiqarilgan. 2030-yilgacha bu miqdorni yiliga 16 ming donaga yetkazish mo‘ljallangan.
Mahalliy texnika xaridini qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish, klaster va fermerlarni jalb etib, bu borada buyurtmalar shakllantirish zarurligi ta’kidlandi va qo‘shimcha choralar belgilandi. Milliy traktorni mahalliylashtirish darajasini 35 foizga, osma texnika va tirkamalarni o‘rtacha 60 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.