Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 9-15 dekabrning asosiy voqealari

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRabota RSZO na Zaporojskom napravlenii
Rabota RSZO na Zaporojskom napravlenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2023
Obuna bo‘lish
Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilishga qaratilgan maxsus harbiy operatsiya muvaffaqiyatli davom etmoqda. O‘tgan hafta davomida dushman yo‘qotishlari 3 mingga yaqin harbiylar va 100dan ortiq zirhli texnikani tashkil qildi.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi hafta davomida sodir bo‘lgan muhim voqealari.

Mudofaa vazirligi 9 - 15-dekabr hisoboti:

Rossiya Qurolli Kuchlari o‘tgun hafta davomida Ukrainaing harbiy aerodromlar infratuzilmasi, arsenallari va harbiy qismlar maydonlarga, shuningdek, UQK, Azov* millatchi tuzilmasi va Chet el yollanma askarlari joylashgan manzillarga yuqori aniqlikdagi qurollar va uchuvchisiz apparatlar yordamida 40 ta guruhli zarbalar berdi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Sinkovka, Ivanovka, Yagodnoe, Petropavlovka va Kupansk aholi punktlari hududida dushmanning 27 ta hujumini qaytardi. UQKning 113-hududiy mudofaa brigadasi, 57-moto-o‘qchi, 14, 21, 41, 43, 60 va 115-mexanizatsiyalashgan brigadalarining ishchi kuchi va texnikasi yo‘q qilindi.
Hafta davomida dushmanning yo‘qotishlari 425 dan ortiq harbiy xizmatchi (qurbonlar va yaralanganlar), beshta tank, shu jumladan bitta Leopard, 11 ta zirhli jangovar mashina, 12 ta mashina va uchta dala artilleriya qurolini tashkil etdi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Kirovsk, Torskoe, Yampol va Grigorovka aholi punktlarida UQKning 24, 63, 67-mexanizatsiyalashgan brigadalari, Ukraina Milliy gvardiyasining 1, 5 va 31-brigadalarining 11ta hujumini qaytardi.
Dushman yo‘qotishlari 1100 tagacha askar, to‘rtta tank, uchta zirhli jangovar mashina, 17 ta mashina va ikkita dala artilleriya qurolini tashkil etdi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Artyomovskoe, Klesheyevka, Kurdumovka va Georgiyevka aholi punktlari hududlarida dushmanning 49 ta hujumini qaytardi. Hafta davomida dushman yo‘qotishlari 1580 dan ortiq harbiy xizmatchi, ikkita tank, 16 zirhli jangovar texnika, 13 ta mashina va 31 ta dala artilleriya qurolini tashkil etdi.
Janubiy Donetsk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlari guruhining bo‘linmalari dushmanning ikkita hujumini qaytardi. Shuningdek Novomixaylovka, Ugledar, Makarovka va Levadnoe posolkalaridagi dushmanning 58-moto-o‘qchi, 72-mexanizatsiyalashgan brigadalari va 128-hududiy mudofaa brigadalari bo‘linmalariga zarba berdi. UQK yo‘qotishlari 600 dan ortiq harbiy xizmatchi, uchta zirhli jangovar mashina, 14 ta mashina va 11 dala artilleriya qurolini tashkil etdi.
Zaporoje yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari faol mudofaa davomida Rabotino, Verbovoe aholi punktlari hududlarida dushmanning 8ta hujumini qaytardi. Bundan tashqari, Malaya Tokmachka, Novodanilovka va Novoandreyevka aholi punktlari hududlarida UQKning 128-tog‘-hujumi, 33, 65, 117 va 118-mexanizatsiyalashgan brigadalarining ishchi kuchi va texnikasiga zarba berildi. Dushmanning ushbu yo‘nalishdagi yo‘qotishlari 335 nafargacha harbiy xizmatchilarning halok bo‘lgan va yaralangani, 19 ta texnikasi va uchta dala artilleriyasini tashkil etdi.
Xerson yo‘nalishida dushmanning diversion guruhlari Dneprning chap qirg‘og‘i va orollarga o‘rnashib olishgan bo‘lgan barcha urinishlar to‘xtatildi. Dushmanning 35, 36 va 37-dengiz piyodalari brigadalari, shuningdek, Xerson shahri va Xerson viloyatining Berislav va Taginka aholi punktlari hududlarida 124-hududiy mudofaa brigadasi bo‘linmalariga zarba berildi.
Rossiya qo‘shinlarining profilaktik harakatlari natijasida Ukraina Qurolli kuchlari 290 nafargacha harbiy xizmatchi, 18 ta mashina, 17 ta qayiq va 9 ta dala artilleriyasini yo‘qotdi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari Xerson viloyati Taginka qishlog‘i yaqinida Ukrainaning Mi-8 vertolotini urib tushirdi. Shuningdek, hafta davolmida "Tochka-U" taktik raketasi, ikkita S-200 zenit raketasi, 17 ta AQShda ishlab chiqilgan HIMARS raketasi, 119 ta uchuvchisiz apparati urib tushirildi.
O‘tgan hafta davomida 82 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘ldi, ulardan 25 nafari faqat so‘nggi 24 soat ichida qo‘lga olindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 550 ta samolyot, 258 ta vertolot, 9696 ta uchuvchisiz apparati, 442 ta zenit-raketa majmuasi, 14078 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1188 ta raketali texnika, 7338 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 16 336 dona maxsus harbiy avtomobillaridan mahrum bo‘ldi.

* Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi guruh
Yangiliklar lentasi
0