Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Har kuni. Britaniyada Kiyev haqida dahshatli bayonot berildi

© AP Photo / Andrew KravchenkoPloshad Nezavisimosti v Kiyeve. Arxivnoe foto.
Ploshad Nezavisimosti v Kiyeve. Arxivnoe foto.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2023
Obuna bo‘lish
Muallifning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevning Moskva bilan qarama-qarshiligida “baxtli yakun” bo‘lmasligi kundan-kunga aniq bo‘lib bormoqda.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. G‘arb jamiyati Ukraina mojarosiga qiziqishni yo‘qotdi, deb yozadi “The Spectator” sharhlovchisi Layonel Shrayver.
“Ukraina mojarosining dastlabki oylarida ko‘plab g‘arbliklar uning borishini har kuni kuzatib bordi. Ammo hozir vaziyat o‘zgardi. Ukraina “kechagi kunning yangiligi”ga aylandi, G‘arb esa bunga qiziqishni yo‘qota boshladi”, - deyiladi nashrda.
Muallifning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevning Moskva bilan qarama-qarshiligida “baxtli yakun” bo‘lmasligi kundan-kunga aniq bo‘lib bormoqda.
“Ukraina armiyasi katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda va NATOning hech qanday miqdordagi qurol-yarog‘i bu vaziyatni to‘g‘irlay olmaydi”, - deb yozadi Shrayver.
Uning fikricha, AQSh va uning ittifoqchilari Vladimir Zelenskiy hukumatini Rossiya bilan muzokaraga kirishib, “bu ayanchli urushni ayanchli yakuniga yetkazish” va hududiy imtiyozlarga rozi bo‘lishga undash vaqti keldi.
Ukrainaning qarshi hujumi 4-iyun kuni boshlandi, biroq Ukraina Qurolli kuchlari hech qanday yo‘nalishda sezilarli muvaffaqiyatga erisha olmadi. Vladimir Putin ta’kidlaganidek, “qarshi hujum” muvaffaqiyatsiz bo‘ldi.
Shu fonda G‘arb ommaviy axborot vositalari AQSh va Yevropa Ittifoqi Ukraina inqirozidan charchay boshlagani, Vladimir Zelenskiyni qo‘llab-quvvatlash zaiflashayotgani haqida tobora ko‘proq yozmoqda. NBC xabariga ko‘ra, Amerika va Yevropa rasmiylari hozirdanoq Kiyev rasmiylari bilan Rossiya bilan tinchlik muzokaralarining mumkin bo‘lgan oqibatlarini, jumladan, kelishuvga erishish uchun sobiq Sovet respublikasi nimalardan voz kechishi mumkinligini muhokama qilmoqda.
Flag na krishe Verxovnoy Radi Ukraini v Kiyeve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2023
Yevropa Ittifoqi rasmiylari Ukrainani "qora tuynuk" deb atashadi — OAV
Yangiliklar lentasi
0