Vladimir Putin Ukrainada qachon tinchlik bo‘lishini aytdi
15:16 14.12.2023 (yangilandi: 15:29 14.12.2023)
© Sputnik / POOL
/ Obuna bo‘lish
Vladimir Putin: Rossiya o‘z maqsadlariga erishganida tinchlik bo‘ladi.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Ukrainada Rossiya maxsus harbiy operatsiyada o‘z maqsadlariga erishganida tinchlik bo‘ladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot anjumanida yil yakunlarini sarhisob qilmoqda.
Unda prezident qayd etishicha, Ukrainada Rossiya maxsus harbiy operatsiyada o‘z maqsadlariga erishganida tinchlik bo‘ladi.
“Safarbarlikka olinganlar maxsus operatsiya zonasida yaxshi jang qilmoqda, ulardan 14 nafari allaqachon Rossiya qahramoni. Maxsus operatsiya zonasida 244 ming kishi safarbar etilgan. Ikkinchi safarbarlik to‘lqini bo‘lmaydi”, — dedi Putin.
Putin, shuningdek, maxsus harbiy operatsiya hududidagi harbiylarga minnatdorchilik bildirdi.
"Ayni paytda Rossiya Qurolli kuchlari safiga 486 ming ko‘ngilli jalb qilingan. O‘z vatani manfaatlarini qo‘lida qurol bilan himoya qilishga tayyor erkaklar oqimi kamaymayapti, kuniga 1,5 ming kishi ko‘ngilli sifatida kelmoqda", — deya qo‘shimcha qildi u.
Qayd etilishicha, yil oxiriga Rossiya Qurolli kuchlariga yarim millionga yaqin ko‘ngillilarni yollash rejalashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, Rossiya o‘nlab yillar davomida Ukraina bilan normal munosabatlarni o‘rnatishga harakat qilmoqda. Putin ruslar va ukrainlarni yagona xalq deb atadi.
"Odessa umuman rus shahri, bu haqda hamma biladi, lekin ular tarixiy safsatalarni o‘ylab topishdi va SSSR parchalanganidan keyin biz bunga kelishdik", - deya ta’kidladi u.
Shuningdek, u 2014-yildagi davlat to‘ntarishidan keyin ham Rossiya har doim Ukraina bilan normal munosabatlar o‘rnatishga harakat qilganini, biroq bundan keyin Rossiyaning bunga yo‘l qo‘yilmasligi ma’lum bo‘lganini ta’kidladi.
Putin Ukrainadagi davlat to‘ntarishida AQShni aybladi.
"Ukrainadagi to‘ntarish mojaro yaratish uchun kerak edi, buni AQShdagi "do‘stlarimiz" qilishdi va yevropaliklar o‘zlarini hech narsa bilmagandek ko‘rsatishdi", — dedi Putin.
Rossiya AQSh bilan munosabatlarni o‘rnatishga tayyor, bu muhim va zarur, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
"Biz AQSh dunyodagi muhim va zarur davlat, deb hisoblaymiz, ammo bu imperial, mutlaqo imperiya siyosati ularga to‘sqinlik qilmoqda. Hatto biz uchun ham emas. Nega? Chunki jamoat ongida ular o‘zlarini imperiya kabi tutishlari kerak", — deya fikr bildirdi u.
Rossiya yetakchisi o‘z so‘zida "NATOning chegaralarimizga yaqinlashishga bo‘lgan cheksiz istagi biz hozir boshdan kechirayotgan fojialarga olib keldi", deya qayd etdi.