Isroil-Falastin mojarosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
Isroil-Falastin mojarosi
Isroil-Falastin mojarosi oktabr boshida XAMAS zarbasidan so‘ng qaytadan avj oldi. Isroil "G‘azo" sektorini bombardimon qildi va to‘liq blokadaga oldi.

Putin G‘azoda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha nima ishlar qilinayotganini ma’lum qildi

© AFP 2023 / AHMAD GHARABLIFlagi Palestina i Izrailya
Flagi Palestina i Izrailya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2023
Obuna bo‘lish
Turkiyalik jurnalistning savoliga javoban Vladimir Putin Rossiya G‘azo sektoridan tinchlik o‘rnatish uchun qanday ishlar qilayotganini aytib berdi.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Rossiya maxsus operatsiyasi va Isroil harbiy operatsiyasi orasida “yer bilan osmoncha farq bor”. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
Rossiya Federatsiyasi prezidenti to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa bilan birlashtirilgan yirik matbuot anjumani formatida yil yakunlarini sarhisob qilmoqda.
Turkiyalik jurnalistning savoliga javoban Vladimir Putin Rossiya G‘azo sektoridan tinchlik o‘rnatish uchun qanday ishlar qilayotganini aytib berdi.

"Turkiya yetakchisi G‘azodagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha eng jonkuyar prezidentlardan biridir. Uning joni sog‘ bo‘lsin. Bu masalada biz janob Erdo‘g‘an bilan domiy aloqadamiz. Yaqinda men uning oldiga bormoqchi edim, lekin Turkiya prezidenti bandligi tufayli bu amalga oshmadi. Ko‘ramiz, ehtimol, yangi yildan keyin bo‘lar bu tashrif", - dedi Putin.

U o‘z so‘zida yaqinda ikki arab davlatida bo‘lgani va ular bilan ham G‘azo masalasida maslahatlashganini hamda quyidagilar aniqlanganini ma’lum qildi:
birinchi navbatda, G‘azo sektorida odamlarni saqlab qolish kerak;
u yerda insonparvarlik yordamini ko‘paytirish kerak;
G‘azoda BAAning shifoxonasi bor ekan. Rossiya ham uning yonidan shifoxona ochishga tayyor edi. Lekin Isroil tomon buni xavfli deb hisoblab ruxsat bermadi. Lekin biz tibbiy uskunalar va buyumlar jo‘natishga kelishib oldik.
Undan tashqari, Rossiya prezidenti G‘azo sektorida juda ko‘p tinch aholi va ayniqsa bolalar qurbon bo‘layotganini tasdiqladi va shu o‘rinda Rossiya maxsus operatsiyasi va Isroil harbiy operatsiyasi qanday o‘tkazilayotgani orasida “yer bilan osmoncha farq bor” dedi.
Yangiliklar lentasi
0