O‘zbekiston Yangi yil bayramida sayyohat qilish uchun mashhur davlatlardan biriga aylandi

© Sputnik / Aktan TemirkanovPloshad Registan v Samarkande s tremya medrese Ulugbeka, Sherdor, Tillya-Kari.
Ploshad Registan v Samarkande s tremya medrese Ulugbeka, Sherdor, Tillya-Kari. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyada mashhurligi kutilmaganda oshgan mamlakatlar nomi ma’lum bo‘ldi.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. O‘zbekiston Yangi yil bayramida sayyohat qilish uchun mashhur davlatlardan biriga aylandi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya sayohat sanoati ittifoqiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu yil Yangi yil sayohatlari sotuvi avvalgiga qaraganda faolroq. Sayyohlar an’anaviy ravishda sayohat narxi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar mavjudligiga e’tibor berishadi.
BSI Group kompaniyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Yangi yil bayramlari uchun talab yuqori bo‘lgan davlatlar allaqachon aniqlangan.
“Biz Rossiya bo‘ylab va 11 ta xorijiy mamlakatlarga safarlarni taklif etamiz. O‘zbekiston va Armaniston birinchi o‘rinni egalladi. Ularning asosiy afzalliklari - to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar, o‘rtacha xarajatlar va arzon ichki narxlar. Bundan tashqari, albatta, mehmondo‘stlik va gastronomiya. Shu bilan birga, yangi yildagi turlar narxlarining oshishi minimal, boshqa sanalarga nisbatan 10 foizdan oshmaydi”, — deya tushuntirdi mutaxassis.
Ikkinchi o‘rinda Yevropa davlatlari va Yaponiya.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston bu yilgi qishda borish mumkin bo‘lgan eng mashhur davlatlar qatoridan joy olgandi. Bu yil O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni 7 millionga yetishi kutilmoqda. 2024-yilda esa 10 million sayyohni qabul qilish reja qilingan. O‘tgan yili O‘zbekistonga 556 ming rossiyalik sayyoh kelgan bo‘lsa, bu yil 800 ming nafari kutilmoqda.
ShHT davlatlari fuqarolari O‘zbekistonga qanday maqsadlarda kelgan ? - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2023
ShHT davlatlari fuqarolari O‘zbekistonga qanday maqsadlarda kelgan?
Yangiliklar lentasi
0