https://oz.sputniknews.uz/20231213/mirziyoev-iibb-yagona-tezkor-boshqaruv-markazi-41533078.html
Mirziyoyev IIBBning Yagona tezkor boshqaruv markazini borib ko‘rdi
Mirziyoyev IIBBning Yagona tezkor boshqaruv markazini borib ko‘rdi
Sputnik O‘zbekiston
Yagona tezkor boshqaruv markazida ko‘cha va jamoat joylarida xizmat olib borayotgan xodimlar onlayn kuzatib turiladi.
2023-12-13T10:16+0500
2023-12-13T10:16+0500
2023-12-13T14:14+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
iibb
jinoyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/0d/41533238_0:22:1280:742_1920x0_80_0_0_8aa9dda3ef2d3d936dee17e459c35f4e.jpg
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat MirziyoyevToshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasining (IIBB) Yagona tezkor boshqaruv markazini borib ko‘rdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan majmua “Geoinformatsion elektron xarita” dasturi asosida ishlaydi. Unga ichki ishlar, adliya, sog‘liqni saqlash, transport va favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya, Soliq qo‘mitasi kabi idoralarning 55 ta elektron bazasi integratsiya qilingan.Toshkent shahridagi 10 mingdan ortiq turar va noturar joylardagi 7 ming 300 ta videokuzatuv kameralari ham ulangan.Bular “xavfsiz shahar”, “xavfsiz mahalla” maqsadlarini ta’minlash, huquqbuzarliklarni erta aniqlashda muhim o‘rin tutmoqda. Xususan, o‘tgan davrda Toshkentda sodir qilingan 925 ta jinoyat tezkor fosh etilgan.Yagona tezkor boshqaruv markazida “E-manzil”, “Shakl-1”, “E-mehmon”, “Kadastr” dasturlaridan ma’lumot olish ham yo‘lga qo‘yilgan. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘qigan yoshlar tomonidan “Qalqon” nomli tizim yaratilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/0d/41533238_175:25:1280:853_1920x0_80_0_0_8bbfe608286f771d283282d8fa65bbe7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yagona tezkor boshqaruv markazi jamoat joylari iibb
yagona tezkor boshqaruv markazi jamoat joylari iibb
Mirziyoyev IIBBning Yagona tezkor boshqaruv markazini borib ko‘rdi
10:16 13.12.2023 (yangilandi: 14:14 13.12.2023) Yagona tezkor boshqaruv markazida ko‘cha va jamoat joylarida xizmat olib borayotgan xodimlar onlayn kuzatib turiladi.
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat MirziyoyevToshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasining (IIBB) Yagona tezkor boshqaruv markazini borib ko‘rdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan majmua “Geoinformatsion elektron xarita” dasturi asosida ishlaydi. Unga ichki ishlar, adliya, sog‘liqni saqlash, transport va favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya, Soliq qo‘mitasi kabi idoralarning 55 ta elektron bazasi integratsiya qilingan.
Toshkent shahridagi 10 mingdan ortiq turar va noturar joylardagi 7 ming 300 ta videokuzatuv kameralari ham ulangan.
“Bu jamoat xavfsizligiga mas’ul kuch va vositalarni samarali boshqarish imkonini bermoqda. Jumladan, ko‘cha va jamoat joylarida xizmat olib borayotgan xodimlar onlayn kuzatib turiladi va vaziyatga qarab yo‘naltiriladi. Natijada hodisa joyiga 3-5 daqiqada yetib boriladi”, — deyiladi xabarda.
Bular “xavfsiz shahar”, “xavfsiz mahalla” maqsadlarini ta’minlash, huquqbuzarliklarni erta aniqlashda muhim o‘rin tutmoqda. Xususan, o‘tgan davrda Toshkentda sodir qilingan 925 ta jinoyat tezkor fosh etilgan.
Yagona tezkor boshqaruv markazida “E-manzil”, “Shakl-1”, “E-mehmon”, “Kadastr” dasturlaridan ma’lumot olish ham yo‘lga qo‘yilgan. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘qigan yoshlar tomonidan “Qalqon” nomli tizim yaratilgan.