Barcha huquq tartibot organlari va ijtimoiy xizmatlar 24 soatlik ish tartibiga o‘tdi

© Sputnik / Avenir DeberdeyevZima v Tashkente
Zima v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.12.2023
Obuna bo‘lish
Qishga tayyorgarlik bo‘yicha vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. O‘zbekistonda barcha huquq tartibot organlari va ijtimoiy infratuzilma xizmatlari 24 soatlik ish tartibiga o‘tdi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha vazifalarning bajarilish holati muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda ayrim hududlarda energetika tizimida kuzatilayotgan muammolar muhokama qilindi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Obsujdeno vipolnenie postavlennix zadach po podgotovke k zime

Obsujdeno vipolnenie postavlennix zadach po podgotovke k zime
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.12.2023
Qayd etilishicha, Namangan viloyatidagi gaz quyish shoxobchalarida gaz kamaygan. Andijon viloyatining Baliqchi, Paxtaobod, Marhamat va Andijon tumanlarida havo sovushi bilan elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar ko‘paygan. Qashqadaryo viloyati G‘uzor va Kasbi tumanlarida chiroq ko‘p o‘chayotgani ma’lum qilingan.
Elektr tarmoqlari va gaz ta’minoti mutasaddilariga avariya brigadalarini shay holatga keltirib, tunu kun ishlashini ta’minlash, zarur vosita va materiallar zaxirasini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berildi.
Bu yil ko‘mir ta’minotida ham yangi tizim yo‘lga qo‘yildi. O‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 5 million 900 ming tonna ko‘mir qazib chiqarildi. Aholiga 930 ming tonna, ijtimoiy soha uchun qo‘shimcha 93 ming tonna ko‘mir yetkazildi.
Hududlardagi omborlarda turgan ko‘mirni aholiga va ijtimoiy sohaga yetkazilishini kundalik nazoratga olish, isitish tizimi davlat-xususiy sherikka o‘tkazilgan obyektlarda zarur ko‘mir zaxirasini yaratish kerakligi aytildi.
Energiya resurslaridan oqilona foydalanish, qonunga xilof holatlarni cheklash muhimligi ham ko‘rsatib o‘tildi.
“Bugundan boshlab barcha huquq tartibot organlari va ijtimoiy infratuzilma xizmatlari 24 soatlik ish tartibiga o‘tishi belgilandi”, — deyiladi xabarda.
Yig‘ilishda Yangi yil bayrami oldidan aholi farovonligi uchun sharoitlarni yanada yaxshilash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Madaniy tadbirlar yuqori darajada o‘tkazilishi, ko‘ngilochar dasturlar va xizmatlarni ko‘paytirilishi qayd etildi. Shuningdek, bozorlarda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etiladi. Narx-navolarni asossiz oshirishga urinish Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olinadi.
Shuningdek, jamoat transportlarining barqaror qatnovini ta’minlash, metro va avtobuslarda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi. Bekatlarda sharoitlarni yaxshilash, yo‘llarni tozalash va harakat xavfsizligini oshirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.
Qayd etilishicha, qo‘shimcha energetika quvvatlarini yaratish bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etildi. Natijada qisqa vaqtda 675 megavatt ishga tushirildi, yil yakuniga qadar 2,2 ming megavattli 7 ta stansiya ishga tushiriladi.
Shuningdek, 100 ta podstansiya, 11,5 mingta transformator va 34 ming kilometr tarmoqlar yangilandi.
Toshkent shahrida aholi ko‘pligi va talab yuqoriligi bois bu masalaga alohida to‘xtalib o‘tildi. Xususan, poytaxtda jami quvvati 286 megavattga teng 2 ta yangi podstansiya qurildi. 228 ta transformator, 1 ming 130 kilometr tarmoqlar yangilandi. 260 kilometr yuqori kuchlanishli kabel tarmoqlari tortildi.
Yangiliklar lentasi
0