https://oz.sputniknews.uz/20231212/yovvoyi-tabiat-41528735.html
Yovvoyi tabiatga zarar yetkazganlik uchun jazo kuchaytirildi
Yovvoyi tabiatga zarar yetkazganlik uchun jazo kuchaytirildi
Sputnik O‘zbekiston
“Qizil kitob”ga kiritilgan o‘simliklarni yo‘q qilganlik uchun jarima 5 barobar oshirildi.
2023-12-12T16:03+0500
2023-12-12T16:03+0500
2023-12-12T16:03+0500
jamiyat
o‘zbekiston
ekologiya
hayvonlar
hayvonot olami
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/02/35611679_0:0:3055:1719_1920x0_80_0_0_85769b56a348f4219db4ff669168e152.jpg
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. O‘zbekistonda yovvoyi tabiatga zarar yetkazganlik uchun jazo choralari kuchaytirildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan tegishli qarorda nazarda tutilgan.Hujjatga ko‘ra, “Qizil kitob”ga kiritilgan o‘simliklarni yo‘q qilganlik uchun jarima 5 baravar oshirildi. Unga ko‘ra, toifaga qarab har bir o‘simlik uchun quyidagi miqdorda jarima undiriladi:Hayvonlarga yetkazilgan zarar uchun jarima ham 10 baravar oshirildi. Masalan, endilikda O‘zbekiston fuqarolari jonivorga yetkazilgan zararga qarab 85 mingdan 1,02 mlrd so‘mgacha kompensatsiya to‘laydi. Xorijliklar noqonuniy ovlangan noyob jonivorning turiga qarab 50 dollardan dan 400 000 dollargacha kompensatsiya to‘laydi.Hujjatda, qushlar, sudralib yuruvchilar, baliqlar, umurtqasiz jonivorlarni ovlash, qolaversa, mo‘yna buyumlar, ayiq, bo‘rsiq, jayra yog‘i, sayroq, kiyik, jayron, bug‘u, echki va qo‘chqor shoxlari uchun ham jarimalar belgilangan.
https://oz.sputniknews.uz/20231129/markaziy-osiyo-mintaqa-tabiat-asrashda-41308029.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/02/35611679_126:0:2857:2048_1920x0_80_0_0_4df55705a8ef7eabcbfe9ac7bbfcd407.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qizil kitob o‘simliklar jarima hayvonlar
qizil kitob o‘simliklar jarima hayvonlar
Yovvoyi tabiatga zarar yetkazganlik uchun jazo kuchaytirildi
“Qizil kitob”ga kiritilgan o‘simliklarni yo‘q qilganlik uchun jarima 5 baravar oshirildi.
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. O‘zbekistonda yovvoyi tabiatga zarar yetkazganlik uchun jazo choralari kuchaytirildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan tegishli qarorda
nazarda tutilgan. Hujjatga ko‘ra, “Qizil kitob”ga kiritilgan o‘simliklarni yo‘q qilganlik uchun jarima 5 baravar oshirildi. Unga ko‘ra, toifaga qarab har bir o‘simlik uchun quyidagi miqdorda jarima undiriladi:
yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlar – 3,4 mln so‘m (BHMning 10 baravari);
noyob turlar – 1,36 mln so‘m (BHMning 4 baravari);
kamayib borayotgan turlar – 850 ming so‘m (BHMnig 2,5 baravari).
Hayvonlarga yetkazilgan zarar uchun jarima ham 10 baravar oshirildi. Masalan, endilikda O‘zbekiston fuqarolari jonivorga yetkazilgan zararga qarab 85 mingdan 1,02 mlrd so‘mgacha kompensatsiya to‘laydi. Xorijliklar noqonuniy ovlangan noyob jonivorning turiga qarab 50 dollardan dan 400 000 dollargacha kompensatsiya to‘laydi.
Hujjatda, qushlar, sudralib yuruvchilar, baliqlar, umurtqasiz jonivorlarni ovlash, qolaversa, mo‘yna buyumlar, ayiq, bo‘rsiq, jayra yog‘i, sayroq, kiyik, jayron, bug‘u, echki va qo‘chqor shoxlari uchun ham jarimalar belgilangan.