https://oz.sputniknews.uz/20231212/ilm-fan-mablaglar-ulush-oshiriladi-mirziyoev-41529030.html
Ilm-fanga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ulushi oshiriladi — Mirziyoyev
Ilm-fanga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ulushi oshiriladi — Mirziyoyev
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan 30 mingdan ortiq tadqiqotchilarning yarmidan ortig‘ini yoshlar tashkil etmoqda.
2023-12-12T16:59+0500
2023-12-12T16:59+0500
2023-12-12T19:34+0500
jamiyat
o‘zbekiston
olimlar
tadqiqot
o‘zbekiston fanlar akademiyasi
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/09/40861734_200:103:1014:561_1920x0_80_0_0_ff02575071b1e739de8d69384ddc5947.jpg
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. O‘zbekiston ilm-fanga yo‘naltiriladigan mablag‘larning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 2030-yilgacha 10-marta oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil etilganining 80-yilligi munosabati bilan soha vakillariga yo‘llagan tabrigida ma’lum qildi.Tabrikda qayd etilishicha, tizimdagi muassasalar soni qariyb 1,5 barobar ko‘paydi. Ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat budjetidan moliyalashtirish tartibi yo‘lga qo‘yildi.Soha vakillarining ish haqi hamda doktorantlarning stipendiyasi 3 barobar, akademiklarning gonorari 2-martadan ziyod oshirilgan. Ilmiy darajaga ega ilmiy xodimlarning maoshiga 60 foizgacha ustama haq to‘lash tizimi joriy etilgan.Tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan tadqiqotchilar uchun imtiyozli asosda kvartiralar ajratildi, oilali yosh doktorantlar bepul uy-joylar bilan ta’minlandi.Akademiyaning nufuzli xalqaro tashkilotlar va rivojlangan davlatlardagi ilmiy markazlar bilan hamkorligi kuchayib, ular bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar ko‘lami ikki-uch barobar kengaydi.Hozirgi paytda O‘zbekistonda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan 30 mingdan ortiq tadqiqotchilarning yarmidan ortig‘ini aynan yoshlar tashkil etmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/09/40861734_303:123:801:497_1920x0_80_0_0_76f2aa2cde5690e584c525bfd42943d1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ilm-fan mablag‘lar mirziyoyev yoshlar fanlar akademiyasi
ilm-fan mablag‘lar mirziyoyev yoshlar fanlar akademiyasi
Ilm-fanga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ulushi oshiriladi — Mirziyoyev
16:59 12.12.2023 (yangilandi: 19:34 12.12.2023) O‘zbekistonda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan 30 mingdan ortiq tadqiqotchilarning yarmidan ortig‘ini yoshlar tashkil etmoqda.
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. O‘zbekiston ilm-fanga yo‘naltiriladigan mablag‘larning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 2030-yilgacha 10-marta oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil etilganining 80-yilligi munosabati bilan soha vakillariga yo‘llagan tabrigida
ma’lum qildi. “Ilm-fanga yo‘naltiriladigan mablag‘larning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 2025-yilga qadar 6-marta, 2030-yilgacha esa 10-marta oshirishni rejalashtirganmiz. Bunday strategik vazifalarni amalga oshirishda birinchi navbatda sizlar kabi ilm-fan namoyandalarining ulkan salohiyatiga tayanamiz”, — deyilgan tabrik matnida.
Tabrikda qayd etilishicha, tizimdagi muassasalar soni qariyb 1,5 barobar ko‘paydi. Ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat budjetidan moliyalashtirish tartibi yo‘lga qo‘yildi.
Soha vakillarining ish haqi hamda doktorantlarning stipendiyasi 3 barobar, akademiklarning gonorari 2-martadan ziyod oshirilgan. Ilmiy darajaga ega ilmiy xodimlarning maoshiga 60 foizgacha ustama haq to‘lash tizimi joriy etilgan.
Tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan tadqiqotchilar uchun imtiyozli asosda kvartiralar ajratildi, oilali yosh doktorantlar bepul uy-joylar bilan ta’minlandi.
Akademiyaning nufuzli xalqaro tashkilotlar va rivojlangan davlatlardagi ilmiy markazlar bilan hamkorligi kuchayib, ular bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar ko‘lami ikki-uch barobar kengaydi.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan 30 mingdan ortiq tadqiqotchilarning yarmidan ortig‘ini aynan yoshlar tashkil etmoqda.