Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Ukrainaning Janubiy Donesk yo‘nalishida rotatsiya qilishga urinishlarini to‘xtatdi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishRabota gaubis "Msta-B" v yujnom sektore SVO
Rabota gaubis Msta-B v yujnom sektore SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya qo‘shinlari Ukraina Qurolli Kuchlarini Janubiy Donesk yo‘nalishi bo‘yicha rotatsiyaga uchta urinishni to‘xtatdi.
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Rossiya harbiylari Zolotaya Niva va Novodonesk yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining Janubiy Donesk yo‘nalishida rotatsiya amalga oshirishga bo‘lgan uchta urinishning oldini oldi. Bu haqda “Vostok” guruhi matbuot markazi rahbari Aleksandr Gordeyev RIA Novostiga ma’lum qildi.

“Vostok” qo‘shinlari guruhining bo‘linmalari Janubiy Donesk yo‘nalishida jangovar topshiriqlarni bajarishda davom etmoqda. Faol mudofaa vaqtida Ukraina Qurolli kuchlarining 58-moto-o‘qchi brigadasining Zolotaya Niva va Novodonesk hududlarida uch marta rotatsiya qilishga urinishlari artilleriyadan o‘qqa tutilib, to‘xtatildi”, — dedi u.

Bundan tashqari, artilleriya Ukraina Qurolli kuchlarining Urojayniy hududidagi 58-moto-o‘qchilar brigadasining vaqtincha joylashtirish punktlariga hamda Novomixaylovkadagi 79-havo hujumi brigadasining ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi.
O‘z navbatida, operativ-taktik aviatsiyasi Paraskoviyevka hududidagi Ukraina pozitsiyalariga hujum qildi, deya qo‘shimcha qildi ofitser.
Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Janubiy Donesk yo‘nalishida Ukraina Qurolli kuchlarining yo‘qotishlari taxminan 80 kishi va to‘rtta texnikani tashkil qilgan.
Yangiliklar lentasi
0