Orol dengizining suvi qurigan hududlarida himoya o‘rmonzorlari barpo etildi — tafsilotlar

© Sputnik / Mariya NaumenkoVid na Aralskoe more s visoti
Vid na Aralskoe more s visoti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2023
Obuna bo‘lish
Orol dengizining suvi qurigan hududlarida 127 ming 819 ga “Yashil qoplamalar” himoya o‘rmonzorlari barpo qilinib, 541 tonna 73 kg urug‘ zahirasi yaratildi.
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Shu yilda Orol dengizining suvi qurigan hududlarida 127 ming 819 ga “Yashil qoplamalar” himoya o‘rmonzorlari barpo qilinib, 541 tonna 73 kg urug‘ zaxirasi yaratildi. Bu haqda O‘rmon barpo etish va qayta tiklashni monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Hojimurod Tolipov Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Poytaxtda “Orol dengizining suvsiz hududida o‘rmonzorlar barpo etish tadbirlari” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda ma’lum qilinishicha, 2018-2022 yillar davomida Orol dengizining suvi qurigan tubida jami 1 million 769 ming ga maydonda o‘rmon-melioratsiya ishlari amalga oshirilib, 1 million 244 ming ga maydonga aviatsiya, 405 ming ga maxsus texnikalar, 19,4 ming ga deltaplan yordamida cho‘l o‘simliklari urug‘lari, 90 ming ga maydonga esa turli xil ko‘chatlar ekilgan.

“Birgina 2023-yilda Orol dengizining suvi qurigan hududlarida “Yashil qoplamalar” himoya o‘rmonzorlarini barpo qilish qilish bo‘yicha jami 100 ming ga reja qilinib, amalda 127 ming 819 ga 127,8 foiz, urug‘ tayyorlash bo‘yicha 380 tonna reja belgilanib, amalda 541 tonna 73 kg urug‘ zaxirasi yaratildi va 142,3 foizga bajarildi”, — dedi Tolipov.

Shuningdek, 2020-yil oktabr-noyabr oylarida 403 nafar mutaxassis-ishchi hamda 136 ta burg‘alash va boshqa maxsus texnika Qoraqalpog‘iston Respublikasining aholi va chorva uchun ichimlik suvi hamda oqar suv tanqis bo‘lgan hududlariga safarbar etilgan.

“Mazkur kuch-vositalar yordamida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq, Bo‘zatov, Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlaridagi 41 ta aholi punktida burg‘ulash orqali quduq qazildi. 26 ta ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi 103 ta nuqtada 15-500 metr chuqurlikdagi quduqlar burg‘ulandi. Natijada mahalliy aholi ta’minoti hamda Orolbo‘yi hududini ko‘kalamzorlashtirish uchun 177 ta artizan quduq tayyorlanib, 10 ming nafardan ortiq aholi kafolatlangan suv manbai bilan ta’minlandi” – dedi u.

Visoxshee Aralskoe more  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2023
Orol dengizining qurigan tubi bo‘ylab 42 km masofaga yugurgan o‘zbekistonlik hikoyasi
Yangiliklar lentasi
0