https://oz.sputniknews.uz/20231211/fargona-benzin-41497732.html
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi benzin ishlab chiqarishni ko‘paytiradi
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi benzin ishlab chiqarishni ko‘paytiradi
Sputnik O‘zbekiston
Zavod AI-80 va AI-92 benzinlarining umumiy ishlab chiqarish hajmini kuniga 1000 tonnagacha oshiradi.
2023-12-11T14:21+0500
2023-12-11T14:21+0500
2023-12-11T14:21+0500
iqtisod
o‘zbekiston
benzin
farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi (fnqiz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/14/24686949_0:78:1000:641_1920x0_80_0_0_ccbcf37579dfc7e99377814934f31462.png
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Bugundan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi AI-80 va AI-92 benzinlarining umumiy ishlab chiqarish hajmini kuniga 1000 tonnagacha oshiradi, deya xabar berdi zavod matbuot xizmati.Qayd etilishicha, zavod avtomobil dvigatellari yuqori sifatli va sovuqqa chidamli yoqilg‘i talab qiladigan qish mavsumida yoqilg‘iga tobora ortib borayotgan talabga javoban ana shunday strategik qaror qabul qildi.Benzin ishlab chiqarish hajmining oshirilishi yoqilg‘i bozorida barqaror taklifni ta’minlab, zavodga qish mavsumida iste’molchilar talabini samarali qondirish imkonini beradi.“Saneg” kompaniyasi bosh direktorining neftni qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Habib Latipov benzin ishlab chiqarish hajmining oshirilishi zavodda amalga oshirilayotgan modernizatsiya doirasidagi yangi texnologik yechimlar samarasi bo‘lib, aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlashga qaratilganini alohida ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20230524/fargona-neft-zavod-benzin-ishlab-chiqarish-35280029.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/14/24686949_121:50:957:677_1920x0_80_0_0_df468a12bf520e148b66c0a32539c6ee.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ai-80 ai-92 benzin ishlab chiqarish
ai-80 ai-92 benzin ishlab chiqarish
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi benzin ishlab chiqarishni ko‘paytiradi
Zavod AI-80 va AI-92 benzinlarining umumiy ishlab chiqarish hajmini kuniga 1000 tonnagacha oshiradi.
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Bugundan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi AI-80 va AI-92 benzinlarining umumiy ishlab chiqarish hajmini kuniga 1000 tonnagacha oshiradi, deya xabar berdi zavod
matbuot xizmati. Qayd etilishicha, zavod avtomobil dvigatellari yuqori sifatli va sovuqqa chidamli yoqilg‘i talab qiladigan qish mavsumida yoqilg‘iga tobora ortib borayotgan talabga javoban ana shunday strategik qaror qabul qildi.
Benzin ishlab chiqarish hajmining oshirilishi yoqilg‘i bozorida barqaror taklifni ta’minlab, zavodga qish mavsumida iste’molchilar talabini samarali qondirish imkonini beradi.
“Saneg” kompaniyasi bosh direktorining neftni qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Habib Latipov benzin ishlab chiqarish hajmining oshirilishi zavodda amalga oshirilayotgan modernizatsiya doirasidagi yangi texnologik yechimlar samarasi bo‘lib, aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlashga qaratilganini alohida ta’kidladi.
"Bugungi kunda zavod texnologik jarayonlarning yangi bosqichiga chiqmoqda, uskunalarning optimal ish parametrlarini belgilamoqda. Benzin ishlab chiqarish hajmining o‘sishi ham erkin bozor narxini shakllantirishga xizmat qiladi”, — dedi Latipov.