O‘zbekistonda IHT atrof-muhit vazirlarining yuqori darajadagi muloqoti bo‘lib o‘tadi
© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata respubliki UzbekistanO‘zbekistonda IHT atrof-muhit vazirlarining yuqori darajadagi muloqoti bo‘lib o‘tadi
© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata respubliki Uzbekistan
Obuna bo‘lish
Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti mamlakatlari Dubayda uchrashdi.
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. O‘zbekistonda IHT atrof-muhit vazirlarining yuqori darajadagi muloqoti bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (IHT) mamlakatlari atrof-muhit vazirlari “IHT mintaqasida resurslardan tejamkor, barqaror rivojlanish va aylanma iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirish” mavzusini muhokama qildi.
Norasmiy uchrashuv Dubayda bo‘lib o‘tayotgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 28-konferensiyasi (COP28) doirasida o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Eron, xorijiy mamlakatlarning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasi rahbarlari hamda IHTga a’zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlari ishtirok etdi.
“Bugungi yig‘ilishda O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari, Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov O‘zbekiston kelasi yilning birinchi yarmida Oliy darajadagi Muloqot platformasining 1-yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi”, — dedi IHT Bosh kotibi Xusrav Noziri.
Aziz Abduhakimov iqlim o‘zgarishi global muammosi va uni hal qilish bo‘yicha O‘zbekiston tashabbusi muhimligini ta’kidladi.
“Atrof-muhitning degradatsiyasi va iqlim o‘zgarishi bugungi kunda dunyo va mintaqamiz oldida turgan eng dolzarb muammo va jiddiy tahdiddir. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ekologik hamkorlik bo‘yicha yuqori darajadagi muloqot maydoni yaratildi. Geografik yaqinligimizni inobatga olgan holda, biz eng ko‘p ekologik muammolarga sherikmiz va shuning uchun ham IHT Atrof-muhit bo‘yicha hamkorlik asoslari (2023-2030) har qachongidan ham zarur”, — dedi vazir.
Shuningdek, u bo‘lajak xalqaro tadbirni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini taklif qildi.
“Biz yiliga bir marta navbatma-navbat va barcha a’zo mamlakatlarda ekologik hamkorlik bo‘yicha yuqori darajadagi vazirlar muloqotini tashkil etishni taklif qilamiz. Yillik yig‘ilish oldidan IHT mintaqasida bioxilma-xillik, yerlarning degradatsiyasi, SAQLASH (resurslarning samaradorligi, barqaror rivojlanish, aylanma iqtisodiyot) va iqlim bo‘yicha to‘rtta ekspert seminarlarini o‘tkazish taklif qilinadi. Ushbu ekspert seminarlari natijalari bir qator Harakatlar rejalarini ishlab chiqish bilan yakunlanadi, ularning bajarilishi har bir davlat vakillaridan iborat maxsus tezkor guruh tomonidan diqqat bilan nazorat qilinadi”, — deya qo‘shimcha qildi vazir.
Norasmiy yig‘ilishda IHTga a’zo davlatlarning chiqishlari va taqdimotlari, IHT Ekologik hamkorlik asoslari loyihasi (2023-2030) va unga ilovalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, IHT mintaqasida resurslar samaradorligi, barqaror rivojlanish va aylanma iqtisodiyot bo‘yicha Mintaqaviy tashabbus taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Ekologiya vazirlari yig‘ilishining Qo‘shma bayonoti qabul qilindi.