https://oz.sputniknews.uz/20231210/iroq-ozbek-mahsulotlar-bozor-41482944.html
Iroq o‘zbek mahsulotlarining mamlakat bozoriga chiqishidan manfaatdor ekanligini bildirdi
Iroq o‘zbek mahsulotlarining mamlakat bozoriga chiqishidan manfaatdor ekanligini bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston delegatsiyasi Iroq Bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi.
2023-12-10T13:30+0500
2023-12-10T13:30+0500
2023-12-10T13:30+0500
siyosat
o‘zbekiston
o‘zbekiston tiv
iroq
savdo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/0a/41482012_0:0:1004:565_1920x0_80_0_0_0a90b320ac2588b4a6f146b79fd3a498.jpg
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Iroq O‘zbekiston mahsulotlarining mamlakat bozoriga chiqishidan manfaatdor ekanligini bildirdi. Bu haqida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Iroq Bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Fuad Husayn bilan uchrashdi.Qayd etilishicha, Iroq tomoni O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali sheriklikni yanada mustahkamlash va o‘zaro ustuvor sohalarda hamkorlik ko‘lamini kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.Siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar almashinuvni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi. Uchrashuvda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali ham muhokama qilindi.Shuningdek, Bag‘dod shahrida O‘zbekiston va Iroq Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi davrasi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar mamlakatlar ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni rag‘batlantirishga tayyor ekanliklarini hamda qo‘shma Ishbilarmonlar kengashini tashkil etishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.
o‘zbekiston
iroq
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/0a/41482012_117:0:870:565_1920x0_80_0_0_5776607ce7e3a1f147514c5568ead195.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston delegatsiyasi iroq bosh vaziri o‘rinbosari tashqi ishlar vaziri
o‘zbekiston delegatsiyasi iroq bosh vaziri o‘rinbosari tashqi ishlar vaziri
Iroq o‘zbek mahsulotlarining mamlakat bozoriga chiqishidan manfaatdor ekanligini bildirdi
O‘zbekiston delegatsiyasi Iroq Bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi.
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Iroq O‘zbekiston mahsulotlarining mamlakat bozoriga chiqishidan manfaatdor ekanligini bildirdi. Bu haqida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi
xabar berdi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Iroq Bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Fuad Husayn bilan uchrashdi.
Qayd etilishicha, Iroq tomoni O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali sheriklikni yanada mustahkamlash va o‘zaro ustuvor sohalarda hamkorlik ko‘lamini kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.
Siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar almashinuvni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.
"Iroq tomoni O‘zbekiston mahsulotlarining Iroq bozoriga chiqishi va O‘zbekistondan import turlarini kengaytirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi", —deyiladi xabarda.
Uchrashuvda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali ham muhokama qilindi.
Shuningdek, Bag‘dod shahrida O‘zbekiston va Iroq Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi davrasi bo‘lib o‘tdi.
"Ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi", — deyiladi xabarda.
Tomonlar mamlakatlar ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni rag‘batlantirishga tayyor ekanliklarini hamda qo‘shma Ishbilarmonlar kengashini tashkil etishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.