O‘zbekistonlik Dilorom Turdiqulova Parij-2024 Olimpiadasida hakamlik qiladi

© NOKDilorom Turdikulova budet sudyey na Olimpiade Parij-2024
Dilorom Turdikulova budet sudyey na Olimpiade Parij-2024 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2023
Obuna bo‘lish
Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi.
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik Dilorom Turdiqulova Parij-2024 Olimpiadasida hakamlik qiladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida xalqaro toifadagi hakam Dilorom Turdiqulova ham bor.
© NOKDilorom Turdikulova budet sudyey na Olimpiade Parij-2024
Dilorom Turdikulova budet sudyey na Olimpiade Parij-2024 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2023
Dilorom Turdikulova budet sudyey na Olimpiade Parij-2024
"Turdiqulova bo‘lajak Olimpiadada shpaga yo‘nalishidagi bellashuvlarni boshqarib boradi", — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Turdiqulova 2018-yildan beri xalqaro musobaqalarda faoliyat olib bormoqda. U ko‘plab nufuzli turnirlar, Osiyo o‘yinlari va qit’a chempionatida ishlagan. Joriy yil Milanda o‘tgan dunyo birinchiligida ham shpaga yo‘nalishidagi final bahslarida referelik qildi.
Dilorom Turdikulova. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2023
Toshkentlik hakam qilichbozlik bo‘yicha dunyoning eng kuchli hakamlar uchtaligiga kiritildi
Yangiliklar lentasi
0