Toshkent xalqaro aeroportida qurilish ishlari boshlandi — tafsilotlar

© UZBEKISTAN AIRPORTSV mejdunarodnom aeroportu "Tashkent" nachinayetsya masshtabnaya rekonstruksiya
V mejdunarodnom aeroportu Tashkent nachinayetsya masshtabnaya rekonstruksiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2023
Obuna bo‘lish
Xalqaro terminalni kengaytirish loyihasi 2 bosqichda amalga oshiriladi va 2025-yilning oxiriga qadar davom etadi.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroportida keng ko‘lamli qurilish va rekonstruksiya ishlari boshlandi. Bu haqda “Uzbekistan airports” xabar berdi.
Rekonstruksiya natijasida xalqaro aviaqatnovlar terminali maydoni ikki barobarga ko‘payadi, jo‘nab ketish hududiga kirish yo‘llari o‘zgaradi, uchib kelish va uchib ketish zallari yagona majmuaga birlashtiriladi, terminalning ikkinchi qavatida ochiq terrasa paydo bo‘ladi.
Ayni paytda Toshkent xalqaro aeroporti terminalining o‘tkazish qobiliyati yiliga 7 million yo‘lovchini tashkil etadi. Joriy yilda poytaxt aeroportida 6,8 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish rejalashtirilgan. Xalqaro terminalni kengaytirish loyihasi 2 bosqichda amalga oshiriladi va 2025-yilning oxiriga qadar davom etadi. Mazkur ishlar yakuniga etgach, o‘tkazish imkoniyati yiliga 13 million yo‘lovchiga yetkaziladi.
Birinchi navbatda, aeroport maydonining kengayishiga uchib kelish va uchib ketish binolarining fasadlarini rekonstruksiya qilish, shuningdek, ularni birlashtirish orqali erishiladi. Aeroportga transportda kirish tizimi ham o‘zgaradi: transport vositalari birinchi qavat yoniga kelishadi, yo‘l o‘tkazgich esa binoning bir qismiga aylanadi.
Shuningdek, uchib kelish zalida 48 yo‘lovchi uchun o‘tish yo‘lagiga ega yangi chegara nazorati hududi paydo bo‘ladi. Mavjud uchib kelish zali ham to‘rttadan sakkizta yuk lentalarini joylashtirishni nazarda tutgan holda rekonstruksiya qilinadi, bu esa ko‘proq parvozlarga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Ta’kidlanishicha, ushbu loyiha kutib oluvchilar uchun alohida, hozirgi uchib kelish zalidan kattaroq - 6,2 ming kv.m. bo‘lgan hududni o‘z ichiga oladi.
Loyihaga ko‘ra, uchib ketish zalida 50 ta ro‘yxatdan o‘tish nuqtasi, katta o‘lchamdagi bagajlarni topshirish peshtaxtasi, bagajlarni o‘zi topshirish joyi, shuningdek, bojxona va yuk nazoratidan iborat yangi yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish zali quriladi. Aviatsiya xavfsizligi tekshiruv hududi ham kengayadi. Havo kemalariga chiqish uchun kutish maydonida – 800 o‘rinli kutish joyi va ovqatlanish hududi qurib bitkaziladi. Toshkent aeroporti uchun o‘ziga xos yangilik – uchish maydonining ikkinchi qavatida shaharga qaragan deyarli 5 ming kv.m. maydonga ega ochiq terrasa paydo bo‘ladi.
Uchish terminali bo‘ylab yangi o‘tish galereyasi quriladi, bu teletrap bo‘ylab o‘tuvchi, kelgan va ketayotgan yo‘lovchilar oqimini ajratish imkonini beradi. Uchib kelgan yo‘lovchilarga ko‘chaga chiqmasdan terminal binosiga kirish imkoniyatlarini oshirish uchun ikkita qo‘shimcha teletrap sotib olinadi. Rekonstruksiyadan so‘ng poytaxt aeroportida 6 ta teletrap ishlaydi, chiqish darvozalari soni esa 12 tani tashkil etadi.
Ushbu qurilish va rekonstruksiya ishlarining muhim bosqichidan biri bu - bagajga xizmat ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilishdir. Yangi tizimning o‘rnatilishi bilan aeroport real vaqt rejimida har bir yo‘lovchining aeroport majmuasi ichidagi yuklari harakatini kuzatish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa yuklar yo‘qolishini minimallashtirish va ularni samolyotga yanada tezroq yuklash imkonini beradi. Shuningdek, yuklarni saralash uchun yangi maydon va xizmat ko‘rsatish uskunasining o‘rnatilishi ayrim reyslar yo‘lovchilariga parvozdan ro‘yxatdan o‘tish va bagajni topshirishni 24 soat oldin amalga oshirish imkonini beradi.
Yangiliklar lentasi
0