Mishustin “Rossiya segodnya”ni 10-yillik yubileyi bilan tabrikladi

© Mejdunarodnaya mediagruppa "Rossiya segodnya"Predsedatel pravitelstva RF Mixail Mishustin
Predsedatel pravitelstva RF Mixail Mishustin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya bosh vazirining ta’kidlashicha, media-guruh “Rossiya va uning tashqarisidagi media makonida ishonchli yetakchi o‘rinni egallab, yuksak jurnalistik standartlarni o‘rnatib kelmoqda”.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin “Rossiya segodnya” media-guruhi jamoasini 10-yillik yubileyi bilan tabriklab, ularga “yangi ijodiy g‘oyalar, davomiy muvaffaqiyatlar va g‘alabalar, mustahkam sog‘liq va farovonlik” tiladi.
Rossiya bosh vazirining ta’kidlashicha, media-guruh “Rossiya va uning tashqarisidagi media makonida ishonchli yetakchi o‘rinni egallab, yuksak jurnalistik standartlarni o‘rnatib kelmoqda”, uning kun davomidagi “o‘nlab tillardagi axborot resurslari keng o‘quvchilar auditoriyasini ta’minlamoqda va radio tinglovchilariga butun dunyodagi eng muhim voqealar to‘g‘risida ishonchli va obyektiv ma’lumotlar bermoqda”.
“Rossiya segodnya” - bu har kuni yuz minglab odamlar tomonidan o‘qiladigan va tinglanadigan muharrirlar, publitsistlar, sharhlovchilar, muxbirlar va operatorlarning professional jamoasi. Materiallaringizda turli fikrlar eshitiladi va bu auditoriyaga o‘z xulosalarini chiqarishga yordam beradi. Media-guruhning keng ko‘lamli loyihalarida yuzdan ortiq xalqaro hamkorlar, jumladan agentliklar, telekanallar va universitetlar ishtirok etmoqda. Eng ilg‘or texnologiyalardan foydalanish turli zamonaviy formatlar – ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalarda yuqori sifatli va talabga javob beradigan kontent yaratish imkonini beradi”, - dedi Mishustin.
“Rossiya segodnya” xalqaro media-guruhi rus tilidagi axborot resurslarini birlashtiradi: RIA Novosti, PRAYM, InoSMI, Baltnews, Ukraina.ru, Sotsialniy navigator, KOT va Arctic.ru. Xorijda uni Sputnik xalqaro axborot agentligi va radiosi taqdim etadi.
Media-guruhning asosiy mahsulotlaridan biri bu rus, ingliz, xitoy, ispan, arab va fors tillarida axborot lentasi hisoblanadi. “Rossiya segodnya” xalqaro auditoriya, biznes hamjamiyat, davlat idoralari va keng doiradagi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan yirik rus axborot mahsulotlarini ishlab chiqaruvchisi.
Yangiliklar lentasi
0