O‘zbekiston haydovchilik guvohnomalari qaysi davlatlarda tan olinadi?

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston haydovchilik guvohnomalari deyarli barcha MDH davlatlari, shuningdek Janubiy Koreya, BAAdan tan olinadi.
O‘zbekiston dunyoning aksariyat mamlakatlari kabi Yo‘l harakati to‘g‘risidagi 1968-yilgi Vena konvensiyasini imzolagan va ratifikatsiya qilgan.

Ushbu konvensiya shartlariga muvofiq, uni imzolagan barcha 85 ta davlat (!!) hududida O‘zbekiston milliy haydovchilik guvohnomalari amal qilishi kerak, lekin amalga ayrim davlatlar hududida alohida cheklovlar mavjud. Bunday cheklovlar milliy haydovchilik guvohnomasi amal qilish muddati hamda guvohnomadan professional faoliyat uchun foydalanish tartibini cheklaydi.

Barcha savollar ikki davlat orasida imzolangan qo‘shimcha shartnomalar bilan hal qilinadi, lekin bunday shartnomalar hozircha — MDH davlatlari, Janubiy Koreya va BAA bilan imzolangan.
1968 yilgi Vena konvensiyasini imzolagan davlatlar: Albaniya, Armaniston, Avstriya, Ozarbayjon, Bagama orollari, Bahrayn, Belarus, Belgiya, Bolgariya, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Venesuela, Vyetnam, Gayana, Gana, Germaniya, Gretsiya, Gollandiya, Gruziya, Daniya, Zimbabve, Isroil, Indoneziya, Eron, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Qatar, Keniya, Qirg‘iziston, Kosta-Rika, Kongo, Kot-d’Ivuar, Kuba, Kuvayt, Latviya, Liberiya, Litva, Lyuksemburg, Makedoniya, Marokash, Meksika, Moldova, Monako, Mo‘g‘uliston, Niger, Norvegiya, BAA, Pokiston, Peru, Polsha, Portugaliya, Koreya Respublikasi, Rossiya, Ruminiya, San-Marino, Seyshel orollari, Senegal, Serbiya, Slovakiya, Sloveniya, Tojikiston, Tailand, Tunis, Turkmaniston, Turkiya, O‘zbekiston, Ukraina, Urugvay, Filippin, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chernogoriya, Chexiya, Chili, Shveysariya, Shvetsiya, Ekvador, Estoniya, Janubiy Afrika.
Yangiliklar lentasi
0