https://oz.sputniknews.uz/20231208/men-rossiya-prezidenti-lavozimiga-nomzod-bolaman--putin-41469847.html
Men Rossiya prezidenti lavozimiga nomzod bo‘laman — Putin
Men Rossiya prezidenti lavozimiga nomzod bo‘laman — Putin
Sputnik O‘zbekiston
"Siz Rossiyaga keraksiz". Rossiya qahramoni Artom Joga Vladimir Putindan kelgusi saylovlarda o‘z nomzodini qo‘yishni so‘radi va prezident bunga "ha" deb javob berdi. 08.12.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-12-08T19:17+0500
2023-12-08T19:17+0500
2024-03-14T15:47+0500
rossiya
vladimir putin
donesk xalq respublikasi (dxr)
prezident
saylovlar
rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/08/41468063_620:155:3072:1534_1920x0_80_0_0_d6f3abe51ed2776c32026e823d256f38.jpg
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Kelgusi yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlarda Vladimir Putin prezident lavozimiga nomzod bo‘ladi. Bu haqida Rossiya prezidenti bugun Kremlda bo‘lib o‘tgan Rossiya qahraonlariga mukofot topishirish marosimidan so‘ng ma’lum qildi. Dones Xalq Respublikasida bir necha yildan beri jang qilayotgan taniqli qo‘mondon Artom Joga Putinga to‘g‘ridan-to‘g‘ri savol bilan murojaat qildi. — Federatsiya Kengashi kelgusi yilda Rossiya prezidenti saylovlari e’lon qildi. Men Donbass va yangi qo‘shilgan hududlar nomidan sizdan bo‘lajak prezident saylovlarida ishtirok etishingizni so‘ramoqchiman. Chunki qiladigan ish hali ko‘p. Siz Rossiyaga keraksiz. Ma’lumot uchun, 7-dekabr kuni Rossiya Federatsiya Kengashi prezidentlik saylovini 2024-yil 17-mart kuniga belgilanganini e’lon qilgan edi. Keyinroq Rossiya Markaziy Saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilova, bu safargi prezident saylovlari 15-17 mart kunlari, 3 kun davomida bo‘lib o‘tishini tasdiqladi. Palata spikeri Valentina Matviyenkoga ko‘ra, bu qaror saylov kampaniyasining boshlanishini anglatadi. Uning ta’kidlashicha, bo‘lajak saylov Rossiyaning rivojlanish vektorini aniqlaydigan eng muhim siyosiy voqeadir.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/08/41468063_588:20:3072:1883_1920x0_80_0_0_62465872a307eb7daf938ee3788d2d89.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, vladimir putin, donesk xalq respublikasi (dxr), prezident, saylovlar
rossiya, vladimir putin, donesk xalq respublikasi (dxr), prezident, saylovlar
Men Rossiya prezidenti lavozimiga nomzod bo‘laman — Putin
19:17 08.12.2023 (yangilandi: 15:47 14.03.2024) "Siz Rossiyaga keraksiz". Rossiya qahramoni Artom Joga Vladimir Putindan kelgusi saylovlarda o‘z nomzodini qo‘yishni so‘radi va prezident bunga "ha" deb javob berdi.
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Kelgusi yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlarda Vladimir Putin prezident lavozimiga nomzod bo‘ladi. Bu haqida Rossiya prezidenti bugun Kremlda bo‘lib o‘tgan Rossiya qahraonlariga mukofot topishirish marosimidan so‘ng ma’lum qildi.
Dones Xalq Respublikasida bir necha yildan beri jang qilayotgan taniqli qo‘mondon Artom Joga Putinga to‘g‘ridan-to‘g‘ri savol bilan murojaat qildi.
— Federatsiya Kengashi kelgusi yilda Rossiya prezidenti saylovlari e’lon qildi. Men Donbass va yangi qo‘shilgan hududlar nomidan sizdan bo‘lajak prezident saylovlarida ishtirok etishingizni so‘ramoqchiman. Chunki qiladigan ish hali ko‘p. Siz Rossiyaga keraksiz.
— Katta rahmat. Yashirib o‘tirmayman, turli vaqtlarda meni boshimdan har xil fikrlar o‘tgan edi. Lekin hozir siz haq. Hozir muhim qarorlar qabul qiladigan vaqt. Men Rosiya Federatsiyasi prezidenti lavozimiga nomzodimni qo‘yaman, - deb javab berdi Putin.
Ma’lumot uchun, 7-dekabr kuni Rossiya Federatsiya Kengashi prezidentlik saylovini 2024-yil 17-mart kuniga belgilanganini e’lon qilgan edi. Keyinroq Rossiya Markaziy Saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilova, bu safargi prezident saylovlari 15-17 mart kunlari, 3 kun davomida bo‘lib o‘tishini tasdiqladi.
Palata spikeri Valentina Matviyenkoga ko‘ra, bu qaror saylov kampaniyasining boshlanishini anglatadi. Uning ta’kidlashicha, bo‘lajak saylov Rossiyaning rivojlanish vektorini aniqlaydigan eng muhim siyosiy voqeadir.