Shohona qabul: Putin yangi dunyo qurmoqda
© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishVizit prezidenta RF V. Putina v Saudovskuyu Araviyu
© Sputnik / Aleksey Nikolskiy
/ Obuna bo‘lish
Yer shari xalqlarning aksariyati urushlardan manfaatdor emas. Vladimir Putin ushbu g‘oya atrofida dunyoning mustaqil va sog‘lom fikrli davlatlarini birlashtirmoqda.
"Uni katta shov-shuv bilan kutib olishdi!", "Qurollar, samolyotlar, faxriy qorovul!", "Yaqin Sharqda Putinni dabdabali qabul qilishdi" - Rossiya prezidentining BAA va Saudiya Arabistoniga amaliy tashrifi G‘arblik "hamkorlar"ni rostakam g‘azablantirdi.
Rossiya delegatsiyasining shohona qabul qilinishi Fors ko‘rfazida G‘arb yetakchilarini kutib olishdan keskin farq qilar edi. Jo Baydenning bahorgi sayohati to‘liq fiasko bilan yakunlandi — cholning ustiga oyoq artishmadi xolos. Germaniya prezidentining Qatarga tashrifi — bu alohida sharmandalik bo‘ldi. Frank Valter Shtaynmayer samolyoti yetib kelganidan so‘ng, hamma narsa tayyor bo‘lsa-da, uni kutib oluvchi odam kechikkani sababli o‘z samolyotida yarim soat kutdi va nihoyat kimdir kelib uni kutib oldi.
Putinning shohona qabuli, albatta, Yevropada qayd etildi va bu ularni xavotirga soldi. "Vladimir Putin Saudiya Arabistonida alohida sharaf bilan kutib olindi. <...> Biz bu yo‘nalishda siyosatimizni butunlay va tezda o‘zgartirishimiz kerak", —- deb yozadi fransuz siyosatchisi Florian Filippot.
Gap rasmiyatchilikda emas, albatta. Faxriy qorovul, ko‘chalar va osmonda Rossiya bayroqlari, orkestr ijrosidagi Rossiya madhiyasi, artilleriya salyuti - Rossiya delegatsiyasining sharafi Fors ko‘rfazi monarxiyalari eng sodiq bo‘lgan o‘tgan davr va ko‘rfaz davlatlarining ananaviy ittifoqchisi — Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan xayrlashish ramzi bo‘ldi.
Axir bu ittifoqchilik tufayli neft-dollar aforasi uzoq yillar davomida gullab yashnadi. Monarxiya davlatlari neftni AQSh va ularning ittifoqchilariga sotib evaziga dollar olardi. Daromadning bir qismi o‘z aholisi va davlatiga sarf qilingan bo‘lsa, qolgani Britaniyada qasrlar va Nyu-Yorkda elita kvartiralar, futbol klublari va farzandlarning G‘arbdagi nufuzli oliygohlarda o‘qishiga sarf qilingan.
Tobelik shu qadar kuchli ediki, Vashington o‘z sheriklaridan neft qazib olishni ko‘paytirishni, shu bilan narxini pasaytirishni talab qilishi ham mumkin edi. Ular shu tariqa Sovet Ittifoqini vayron qilishgan edi. Ammo bir necha yil oldin Fors ko‘rfazi mamlakatlari bu ignadan qutula boshladi. Va bu umuman Putin tufayli emas.
Birinchi qo‘ng‘iroq, AQShda 2007-2008 yillardagi inqiroz bilan keldi. Ko‘chmas mulk narxi tushdi, ko‘plab kompaniyalar bankrot bo‘ldi va bu inqiroz oqibatlari hali to‘liq bartaraf etilmagan. Keyin Qo‘shma Shtatlar neft qazib olishni oshirib, dunyodagi etakchi ishlab chiqaruvchiga va shunga mos ravishda Fors ko‘rfazi mamlakatlariga raqobatchiga aylandi.
Vashington tomonidan ilhomlantirilgan koronavirus blokirovkalari neft narxini bir zumda minus darajaga tushirdi. Neft qazib oluvchi davlatlar amerikaliklar uglevodorodlar narxini o‘zlari xohlagancha o‘zgartirishi mumkinligini va AQSh o‘z ittifoqchilarining manfaatlarini umuman inobatga olmoqchi emasligini tushundilar.
Rossiyaga qarshi sanksiyalar muhim signalga aylandi. Monarxiya elitalari Londondagi qasrlar, frantsuz mehmonxonalari va sport klublariga bo‘lgan huquqlari qanchalik zaif ekanligini anglab yetishdi. Bir lahzada bu boylikning hammasini o‘g‘irlash mumkin, bahona istalgan vaqtda topiladi: G‘arb Fors ko‘rfazi davlatlariga aql o‘rgatishdan to‘xtamagan.
Qo‘shma Shtatlarning tashqi siyosat yo‘lidagi so‘nggi muvaffaqiyatsizliklari hech qanday arab davlatlarida hech qanday illyuziya qoldirmadi. Ukrainadagi mojaro, Rossiyaga qarshi kuchli sifatida rejalashtirilgan edi, ammo Vashingtonni sharmandali mag‘lubiyatga uchradi. Isroildagi mojaro Amerika Qo‘shma Shtatlari avvalo o‘zining eng yaqin ittifoqchisini himoya qila olmasligini, keyin esa falastinliklarni qirib tashlashni to‘xtatmaganini ko‘rsatdi.
Vashington charchagan ko‘rinadi. Ularning "nazorat ostidagi xaos" nazariyasi endi ishlamaydi. Qo‘shma Shtatlar haqiqatan ham mojarolarni qanday qo‘zg‘atishni biladi, lekin endi ularni kerakli natijaga olib borishga qodir emas. Bunday davlat bilan do‘st bo‘lish dushmandan ham xavfliroq ekani ma’lum bo‘ldi.
Ko‘p yillar davomida Fors ko‘rfazi monarxiyalari xavflarni diversifikatsiya qilishga harakat qilishdi. Ular o‘z mamlakatlarini ajoyib sur’atlarda rivojlantirdilar - bir necha yil ichida cho‘lda ultra zamonaviy shaharlar o‘sib, Nyu-York va Londonni ancha ortda qoldirdi. Endi Amerika Qo‘shma Shtatlarida ko‘chmas mulk sotib olayotgan Amirliklar emas, balki amerikalik investorlar Dubaydagi Burj Xalifadan kvartira sotib olishga shoshilishmoqda.
Ajoyib turizm sanoati paydo bo‘ldi - aytmoqchi, ruslar bu yerda muhim mijozlarga aylanishdi. Iqtisodiy aloqalar diversifikatsiya qilindi - Putin BAA va Saudiya Arabistoni bilan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi oshganini qayd etdi. OPEK+ barqaror ishladi, jahon neft bozoridagi narxlarni nazorat qildi. Mahalliy o‘rta sinf ham ma’naviy o‘sdi - va ular amerikalik xudosizlarni yaxshi ko‘rmaydi, lekin Putinga juda yaxshi munosabatda.
Dunyoning barcha iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyatli mamlakatlari kabi Fors ko‘rfazi monarxiyalari ham barqaror rivojlanishdan manfaatdor. Shu sababli BAA ham, Saudiya Arabistoni ham BRIKSga a’zo bo‘lishga qaror qilgani ajab emas – ularning tashkilotga a’zoligi 2024-yilda boshlanadi va prezident Putin bu voqea bilan ularning rahbarlarini tabrikladi.
Ular endi amerikaliklarning mintaqada bo‘lishini xohlamaydilar, chunki AQSh faqat muammo keltirib chiqaradi. Ularning G‘azo sektoridagi qirg‘inlarga berilishlari nafaqat musulmonlarni, balki butun dunyodagi barcha vijdonli odamlarni g‘azablantirdi. Narxlarni pasaytirish va Rossiya uchun muammo yaratish uchun neft qazib olishni ko‘paytirish kabi talablari ahmoqona va bechora ko‘rinadi va ko‘rfaz davlatlari ularga quloq solmaydi. AQShning Erondan "himoya" qilish va’dalari ham befoyda - chunki ular hatto Isroilni himoya qila olmasligi ma’lum bo‘ldi.
Shu yilning bahorida Saudiya Arabistoni va Eron Xitoy yetakchisi Si Szinpin vositachiligida diplomatik munosabatlarni tiklashga kelishib, yarashgani ajablanarli emas. Bu Vashingtonni qanchalik g‘azablantirgan edi. Axir ularning sevimli aspobi "ajratib tashla va zabt et" — buzilib qoldi.
Putin neft qirollari bilan uglevodorod bozoridagi vaziyatni, Isroil-Falastin inqirozini hal qilish imkoniyatlarini, energetika sohasidagi istiqbollarni va BRIKS doirasidagi hamkorlikni muhokama qildi. Bugun u Eron prezidenti Ibrohim Raisi bilan uchrashadi - uning mamlakati ham BRIKSga a’zo bo‘lish arafasida.
Ko‘p qutbli dunyoni qurish murakkab va nozik vazifa bo‘lib, u muzokaralar olib borish, qadimiy qarama-qarshiliklarni yengish va yangi "nazorat va muvozanat" tizimlarini qurish qobiliyatini talab qiladi. Ammo bunga muqobil — Amerika usulida tinchlik, ya’ni tartibsizlik, qon darolari, hammaning hammaga qarshi urushi. Vladimir Putin zamonamizning yetakchi davlatlari urushlardan manfaatdor emasligini isbotladi. Aynan shu narsa sayyoramizdagi xalqlarning katta qismini birlashtiradi va Rossiyani yangi dunyo tartibining tabiiy yetakchilaridan biriga aylantiradi.