https://oz.sputniknews.uz/20231207/qozogiston-birinchi-prezidentining-kitobi-mirziyoevga-etkazildi-41439093.html
Qozog‘iston birinchi prezidentining kitobi Mirziyoyevga yetkazildi
Qozog‘iston birinchi prezidentining kitobi Mirziyoyevga yetkazildi
Sputnik O‘zbekiston
Nursulton Nazarboyevning “Mening hayotim. Qaramlikdan ozodlikka” nomli memuarlar kitobi. Nursulton Nazarboyev o‘zining hayotiy yo‘li, mamlakatning shakllanish va rivojlanish davri to‘g‘risidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashadi. Respublikaga rahbarlik qilgan oxirgi o‘n yilliklardagi voqealarga baho beradi.
2023-12-07T10:51+0500
2023-12-07T10:51+0500
2023-12-07T11:37+0500
siyosat
o‘zbekiston
qozog‘iston
shavkat mirziyoyev
nursulton nazarboyev
kitob
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/07/41439191_0:59:1024:636_1920x0_80_0_0_c105e22231cea7c61a793e439c3639b7.jpg
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev yozgan memuar asarning O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev uchun atalgan nusxasi topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 6-dekabr kuni Qozog‘iston birinchi prezidentining matbuot kotibi Aydos Ukibay tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.Tarixiy jarayonlar va shaxsiy munosabatni o‘zida mujassamlashtirgan kitobda Nursulton Nazarboyev o‘zining hayotiy yo‘li, mamlakatning shakllanish va rivojlanish davri to‘g‘risidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashadi. Respublikaga rahbarlik qilgan oxirgi o‘n yilliklardagi voqealarga baho beradi.Kitob qahramonlari orasida muallif siyosiy maydonda kesishgan taniqli siyosatchilar ham bor. Qozog‘istonning birinchi prezidenti davlat va hukumatlar rahbarlari, boshqa mashhur shaxslar bilan munosabatlarini ta’riflaydi.Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston yetakchisi, “atoqli siyosiy arbob Shavkat Mirziyoyev"ni alohida qayd etadi. Kitobda Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan, O‘zbekiston iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilayotgan islohotlar yuksak baholangan. Qozog‘iston bilan har tomonlama aloqalar yanada jadal rivojlana boshlangani, Shavkat Mirziyoyev prezident sifatidagi faoliyatining ilk kunlaridanoq qardosh mamlakatlar bilan hamkorlikni mustahkamlayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/07/41439191_70:0:981:683_1920x0_80_0_0_d40386a99a0e68224fbe46f7c7eeea62.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
nursulton nazarboyev kniga kitob ma’lumot onlayn mening hayotim qaramlikdan ozodlikka
nursulton nazarboyev kniga kitob ma’lumot onlayn mening hayotim qaramlikdan ozodlikka
Qozog‘iston birinchi prezidentining kitobi Mirziyoyevga yetkazildi
10:51 07.12.2023 (yangilandi: 11:37 07.12.2023) 6 dekabr kuni Qozog‘iston birinchi prezidentining matbuot kotibi Aydos Ukibay tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev yozgan memuar asarning O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev uchun atalgan nusxasi topshirildi. Bu haqda O‘zA
xabar berdi. 6 dekabr kuni Qozog‘iston birinchi prezidentining matbuot kotibi Aydos Ukibay tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.
O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasida o‘tgan uchrashuvda mehmon Shavkat Mirziyoyevga Qozog‘iston birinchi prezidentining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Shuningdek, Aydos Ukibay Nursulton Nazarboyevning “Mening hayotim. Qaramlikdan ozodlikka” nomli memuarlar kitobining O‘zbekiston prezidenti uchun atalgan muallif dastxati qo‘yilgan nusxasini topshirdi.
Tarixiy jarayonlar va shaxsiy munosabatni o‘zida mujassamlashtirgan kitobda Nursulton Nazarboyev o‘zining hayotiy yo‘li, mamlakatning shakllanish va rivojlanish davri to‘g‘risidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashadi. Respublikaga rahbarlik qilgan oxirgi o‘n yilliklardagi voqealarga baho beradi.
Kitob qahramonlari orasida muallif siyosiy maydonda kesishgan taniqli siyosatchilar ham bor. Qozog‘istonning birinchi prezidenti davlat va hukumatlar rahbarlari, boshqa mashhur shaxslar bilan munosabatlarini ta’riflaydi.
Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston yetakchisi, “atoqli siyosiy arbob Shavkat Mirziyoyev"ni alohida qayd etadi. Kitobda Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan, O‘zbekiston iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilayotgan islohotlar yuksak baholangan. Qozog‘iston bilan har tomonlama aloqalar yanada jadal rivojlana boshlangani, Shavkat Mirziyoyev prezident sifatidagi faoliyatining ilk kunlaridanoq qardosh mamlakatlar bilan hamkorlikni mustahkamlayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.