https://oz.sputniknews.uz/20231207/otgan-yili-bezgak-tufayli-600-mingdan-kop-odam-vafot-etgan-jsst-41446755.html
O‘tgan yili bezgak tufayli 600 mingdan ko‘p odam vafot etgan — JSST
O‘tgan yili bezgak tufayli 600 mingdan ko‘p odam vafot etgan — JSST
Sputnik O‘zbekiston
Ekspertlar fikricha, agar hozir zarur choralar ko‘rilmasa, bezgak epidemiyasi insoniyat salomatligi uchun yanada global xatarga aylanib, so‘nggi yigirma yil davomida erishilgan yutuqlar chippakka chiqishi mumkin.
2023-12-07T15:59+0500
2023-12-07T15:59+0500
2023-12-07T16:30+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
jsst
bezgak
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/582/25/5822541_0:164:3001:1852_1920x0_80_0_0_03ea934a8a60e6741f6ce660c7757ec3.jpg
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. O‘tgan yili dunyo bo‘yicha bezgakka chalinganlar soni qariyb 250 million nafarga yetgan, har 1000 aholidan 58 nafari ushbu xastalikni yuqtirib olgan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qildi.Xabarga ko‘ra, JSST 2025-yilga borib, bu ko‘rsatkichni 26,2 taga tushirishni global maqsad sifatida belgilagan. Ammo reja bajarilishi ko‘zda tutilganidan 55 foiz ortda qolmoqda.Ekspertlar fikricha, agar hozir zarur choralar ko‘rilmasa, bezgak epidemiyasi insoniyat salomatligi uchun yanada global xatarga aylanib, so‘nggi yigirma yil davomida erishilgan yutuqlar chippakka chiqishi mumkin.2000 yildan 2019-yilgacha ushbu kasallikdan yillik o‘lim ko‘rsatkichi sezilarli darajada, ya’ni 864 mingdan 576 mingtagacha kamaygan. Biroq pandemiya davrida o‘sish dinamikasi qayd etilib, o‘tgan yilning o‘zida 608 ming kishi bezgak oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Ularning katta qismi bolalar.Eslatib o‘tamiz, yaqinda JSST bir necha bosqichli sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bezgakka qarshi yangi — R21 vaksinasini tasdiqladi. U ikki yil oldin foydalanishga tavsiya etilgan ilk muqobilidan, eng avvalo, arzonligi bilan farqlanadi. https://sputniknews.uz/20231003/bezgak-qarshi-yangi-vaktsina-39567005.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/582/25/5822541_156:0:2843:2015_1920x0_80_0_0_0a63acadfa66f17e1b0cda5a78971793.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘tgan yili bezgak tufayli 600 mingdan ko‘p odam vafot etgan — jsst
o‘tgan yili bezgak tufayli 600 mingdan ko‘p odam vafot etgan — jsst
O‘tgan yili bezgak tufayli 600 mingdan ko‘p odam vafot etgan — JSST
15:59 07.12.2023 (yangilandi: 16:30 07.12.2023) Ekspertlar fikricha, agar hozir zarur choralar ko‘rilmasa, bezgak epidemiyasi insoniyat salomatligi uchun yanada global xatarga aylanib, so‘nggi yigirma yil davomida erishilgan yutuqlar chippakka chiqishi mumkin.
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. O‘tgan yili dunyo bo‘yicha bezgakka chalinganlar soni qariyb 250 million nafarga yetgan, har 1000 aholidan 58 nafari ushbu xastalikni yuqtirib olgan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
ma’lum qildi. Xabarga ko‘ra, JSST 2025-yilga borib, bu ko‘rsatkichni 26,2 taga tushirishni global maqsad sifatida belgilagan. Ammo reja bajarilishi ko‘zda tutilganidan 55 foiz ortda qolmoqda.
Ta’kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ekstremal ob-havo hodisalari, kasallikning dori vositalariga chidamliligi ortishi bezgakka qarshi kurash samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatapti.
Ekspertlar fikricha, agar hozir zarur choralar ko‘rilmasa, bezgak epidemiyasi insoniyat salomatligi uchun yanada global xatarga aylanib, so‘nggi yigirma yil davomida erishilgan yutuqlar chippakka chiqishi mumkin.
2000 yildan 2019-yilgacha ushbu kasallikdan yillik o‘lim ko‘rsatkichi sezilarli darajada, ya’ni 864 mingdan 576 mingtagacha kamaygan. Biroq pandemiya davrida o‘sish dinamikasi qayd etilib, o‘tgan yilning o‘zida 608 ming kishi bezgak oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Ularning katta qismi bolalar.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda JSST bir necha bosqichli sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bezgakka qarshi yangi — R21 vaksinasini tasdiqladi. U ikki yil oldin foydalanishga tavsiya etilgan ilk muqobilidan, eng avvalo, arzonligi bilan farqlanadi. https://sputniknews.uz/20231003/bezgak-qarshi-yangi-vaktsina-39567005.html