Putin migrantlar bilan bog‘liq vaziyatda etnomadaniy muvozanatni saqlashga chaqirdi

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2023
Obuna bo‘lish
Putin migrantlar bilan bog‘liq vaziyatda etnomadaniy muvozanatga rioya qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Rossiyaga migrantlarni jalb qilish haqida gap ketganda, etnomadaniy muvozanatni saqlash zarur. Bu haqida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fuqarolik jamiyati va inson huquqlarini rivojlantirish kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Bu migrantlar huquqlariga oid juda dolzarb masala, bu tushunarli. Bu yerda men etnomadaniy muvozanatni saqlash kerak degan fikrga qo‘shilaman. Albatta, bu sohada sodir bo‘layotgan barcha voqealar, birinchi navbatda, iqtisodiyot manfaatlari — ishchilar yetishmasligi bilan bog‘liq. Lekin, albatta, bu odamlarni tayyorlash kerak”,— deya ta’kidladi prezident.

Uning fikricha, mamlakat iqtisodiy manfaatlariga javob beradigan shunday mehnat resurslarini jalb qilishi kerak. Bu odamlar Rossiya tilini, urf-odatlarini va qonunlarini bilishlari shart, dedi davlat rahbari.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ular MDH davlatlaridan kelgan hamkasblari bilan birgalikda bu borada ish olib bormoqdalar — xususan, rus tilida o‘qitiladigan maktablar ochilmoqda.
Prezident migrantlar huquqlarini ta’minlash, lekin rossiyaliklar manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish zarurligini ta’kidladi. Uning fikricha, bu masalalarni har tomonlama ko‘rib chiqish zarur. Bundan kelib chiqqan holda, Putin Inson Huquqlari Bo‘yicha Kengashiga ushbu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirishni so‘radi.
Davlat rahbari Rossiyada mehnat migrantlari farzandlarining ta’lim olishi mavzusiga ham to‘xtalib o‘tdi. Ular o‘qishlari shart, ammo buning fonida boshqa maktab o‘quvchilari uchun sharoit yomonlashmasligi kerakligini ta’kidladi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu muammo yo‘q deb ko‘rsatish mumkin emas. Shuningdek, tegishli ko‘rsatmalar berishga va’da berdi.
Yangiliklar lentasi
0