https://oz.sputniknews.uz/20231205/ozbekiston-baa-chiqindilar-energiya-zavod-41392154.html
O‘zbekiston BAA bilan “Chiqindilarni energiyaga aylantirish” zavodini ishga tushiradi
O‘zbekiston BAA bilan “Chiqindilarni energiyaga aylantirish” zavodini ishga tushiradi
Sputnik O‘zbekiston
Abu Dabining yetakchi kompaniyasi O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarish va iqlim ta’sirini yumshatishga ko‘maklashadi.
2023-12-05T09:11+0500
2023-12-05T09:11+0500
2023-12-05T11:27+0500
o‘zbekiston
baa
chiqindixona
ekologiya
aziz abduhakimov
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/05/41391992_0:66:804:518_1920x0_80_0_0_7d01847e20c1b683d22d95776af8bdce.jpg
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. O‘zbekiston Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) bilan hamkorlikda “Chiqindilarni energiyaga aylantirish” zavodini ishga tushiradi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.Dubayda COP28 forumi doirasida O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda “Tadweer” (Abu Dabi Waste Management Company — Abu-Dabi chiqindilarni boshqarish kompaniyasi) o‘rtasida memorandum imzolandi.Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, o‘zaro hamkorlikda chiqindilarni qayta ishlash infratuzilmasini rivojlantirish, qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib ketish, saralash, qayta ishlash, utilizatsiya qilish, chiqindi gazini yig‘ish, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishni boshqarish tizimini takomillashtirish kabi muhim vazifalarni maqsad qilib qo‘yilgan.Loyiha Navoiy, Buxoro viloyatlari va Farg‘ona vodiysiga qaratilgan texnik-iqtisodiy asoslashdan boshlanadi, har bir hududda chiqindilarni yo‘q qilish amaliyoti o‘rganiladi.Aytilishicha, O‘zbekistonda “Chiqindilarni energiyaga aylantirish” zavodining ishga tushirilishi nafaqat qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish sohasida inqilob yasaydi, balki iqlim o‘zgarishi ta’sirini yumshatishga ham katta hissa qo‘shadi.Hamkorlik doirasida maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish, shuningdek, saralash, qayta ishlash va utilizatsiya qilishni boshqarish tizimi ishlab chiqiladi.Bundan tashqari, elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish uchun poligon gazini qazib olishga ham e’tibor qaratiladi. Loyiha doirasida qattiq maishiy chiqindilarni ishlab chiqaruvchi korxonalarda chiqindilarni saralash liniyalari o‘rnatish, plastmassa, qog‘oz, shisha va alyuminiy kabi ikkilamchi xomashoni qayta ishlash korxonalarini tashkil etish ham ko‘zda tutilgan.Qayd etilishicha, chiqindilar va resurslarni faol boshqarish global issiqxona gazlari chiqindilarining ta’sirini 15 –20 foizga kamaytiradi. Bu esa atrof-muhit va iqtisodiy jihatdan sezilarli afzalliklarga olib keladi.
o‘zbekiston
baa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/05/41391992_14:0:791:583_1920x0_80_0_0_189de2645365229d3ff7a788e046e342.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
abu dabi o‘zbekiston chiqindilarni boshqarish iqlim ta’siri tadweer
abu dabi o‘zbekiston chiqindilarni boshqarish iqlim ta’siri tadweer
O‘zbekiston BAA bilan “Chiqindilarni energiyaga aylantirish” zavodini ishga tushiradi
09:11 05.12.2023 (yangilandi: 11:27 05.12.2023) Abu Dabining yetakchi kompaniyasi O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarish va iqlim ta’sirini yumshatishga ko‘maklashadi.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. O‘zbekiston Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) bilan hamkorlikda “Chiqindilarni energiyaga aylantirish” zavodini ishga tushiradi. Bu haqda Ekologiya vazirligi
xabar berdi. Dubayda COP28 forumi doirasida O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda “Tadweer” (Abu Dabi Waste Management Company — Abu-Dabi chiqindilarni boshqarish kompaniyasi) o‘rtasida memorandum imzolandi.
“Memorandum qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishda zamonaviy, innovatsion va ekologik toza texnologiyalar hamda xizmatlarni joriy etish hamda barqarorlikni oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda “Chiqindilarni energiyaga aylantirish” zavodi ishga tushirilishi ham rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, o‘zaro hamkorlikda chiqindilarni qayta ishlash infratuzilmasini rivojlantirish, qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib ketish, saralash, qayta ishlash, utilizatsiya qilish, chiqindi gazini yig‘ish, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishni boshqarish tizimini takomillashtirish kabi muhim vazifalarni maqsad qilib qo‘yilgan.
Loyiha Navoiy, Buxoro viloyatlari va Farg‘ona vodiysiga qaratilgan texnik-iqtisodiy asoslashdan boshlanadi, har bir hududda chiqindilarni yo‘q qilish amaliyoti o‘rganiladi.
Aytilishicha, O‘zbekistonda “Chiqindilarni energiyaga aylantirish” zavodining ishga tushirilishi nafaqat qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish sohasida inqilob yasaydi, balki iqlim o‘zgarishi ta’sirini yumshatishga ham katta hissa qo‘shadi.
Hamkorlik doirasida maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish, shuningdek, saralash, qayta ishlash va utilizatsiya qilishni boshqarish tizimi ishlab chiqiladi.
Bundan tashqari, elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish uchun poligon gazini qazib olishga ham e’tibor qaratiladi. Loyiha doirasida qattiq maishiy chiqindilarni ishlab chiqaruvchi korxonalarda chiqindilarni saralash liniyalari o‘rnatish, plastmassa, qog‘oz, shisha va alyuminiy kabi ikkilamchi xomashoni qayta ishlash korxonalarini tashkil etish ham ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, chiqindilar va resurslarni faol boshqarish global issiqxona gazlari chiqindilarining ta’sirini 15 –20 foizga kamaytiradi. Bu esa atrof-muhit va iqtisodiy jihatdan sezilarli afzalliklarga olib keladi.