Britaniya diplomatlari Ukrainaga bosim o‘tkazishni boshlashi mumkin — OAV

© AFP 2023 / OLIVIER MATTHYSPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy. Arxivnoe foto
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2023
Obuna bo‘lish
DE: Britaniya diplomatlari Zelenskiyni Moskva bilan muzokara boshlashga majbur qilishlari mumkin.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Britaniya diplomatlari Ukrainani mojaroga barham berish uchun Rossiya bilan muzokaralar olib borishga majburlashga tayyorlanmoqda. Bu haqida "Daily Express" nashri xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.

"Ukrainaning asosiy qarshi hujumi kutilgan muvaffaqiyatga erisha olmadi, bu esa mamlakatning bu urushda g‘alaba qozonish qobiliyatiga shubha uyg‘otdi. Diplomatik doiralarda Kiyevga bosim o‘tkazish va uni muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qilish haqida gap ketmoqda”, — deyiladi xabarda.

Jurnalistlar, shuningdek, armiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchragan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga bosim kuchayib borayotgani, u mamlakat ichida tanqidlar to‘lqiniga duch kelganini ham qayd etishdi.
AQSh shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Charlz Braun avvalroq Reygan milliy mudofaa forumidagi chiqishida ta’kidlaganidek, Ukrainadagi mojaro faqat harbiy yo‘l bilan tugamaydi.
Vecherniy Kiyev. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2023
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
London Kiyevni 2022-yilda mojaroni tugatishdan qaytargan — Araxamiya
Yangiliklar lentasi
0