Axborot gigiyenasi bolalarga bog‘chadan singdirilishi kerak — ekspert Dmitriy Yegorchenkov
15:40 05.12.2023 (yangilandi: 17:38 05.12.2023)
© Sputnik / Igor Zarembo
/ Obuna bo‘lish
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida RXDU STPI direktori ishtirokida anjuman o‘tkazildi.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Axborot gigiyenasi bolalarga bog‘chadan singdirilishi kerak. Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti Strategik tadqiqotlar va prognozlar instituti direktori Dmitriy Yegorchenkov shunday fikrda.
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti Strategik tadqiqotlar va prognozlar instituti direktori Dmitriy Yegorchenkov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Proksi-server urushlaridan himoya qilish va obyektivlikni saqlashning yana bir vositasi "axborot gigiyenasi" dir. Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalar bog‘chasida insonning tanqidiy idrokini rivojlantirishni maslahat berdi. Bu Rossiyada allaqachon qo‘llanilmoqda.
"Mening olti yashar o‘g‘lim bog‘chadan keldi, men telefon ko‘rib o‘tirgandim. Kelib “faqat obuna bo‘lma”, dedi. Barakalla, dedim. “Bizga bog‘chada hech kimga obuna bo‘lish kerak emas, deb aytishdi”, dedi. Bog‘cha yoshidan axborot gigiyenasi qoidalarini singdirish kerak. So‘ng o‘g‘lim shunday dedi: obuna bo‘lish kerak emas, chunki keyin sendan pul so‘rashni boshlaydi. Va mutlaqo haq edi. Bundan juda mamnunman. Bog‘chaga borib, bolalar bilan axborot ishlari bilan shug‘ullaning demagandim. Tarbiyachilarning o‘zlari o‘rgatgan. Garchi bu darajada bo‘lsa-da, natijasini berapti", — dedi Dmitriy Yegorchenkov.
Anjumanda, shuningdek, haqiqiy ma’lumotni soxtasidan va axborot sabotajidan qanday ajratish mumkin, hozirgi vaziyatda G‘arb tomonidan axborot proksi urushlarining qanday hikoyalari ishlab chiqilmoqda, O‘zbekiston axborot maydonini G‘arbning buzg‘unchi va tashviqot hujumlaridan qanday himoya qila oladi kabi savollar o‘rtaga tashlandi.