https://oz.sputniknews.uz/20231203/toshkent-asal-bayrami-41373357.html
Toshkentda "Asal bayrami" bo‘lib o‘tmoqda
Toshkentda "Asal bayrami" bo‘lib o‘tmoqda
Sputnik O‘zbekiston
"Asal bayrami"da respublikaning barcha hududlaridan 400 dan ortiq asalarichilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar hamda qo‘shni davlatlardan kelgan asal yetishtiruvchilar ishtirok etishmoqda.
2023-12-03T15:16+0500
2023-12-03T15:16+0500
2023-12-03T15:16+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
asal
bayram
qishloq xo‘jaligi vazirligi
rossiya
qozog‘iston
qirg‘iziston
tojikiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/15/40188033_0:77:1000:640_1920x0_80_0_0_5c75c7ac56c4b1e83f1b967213a58781.jpg
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Toshkentdagi “Anhor-Lokomotiv” parkining markaziy hududida “Asal bayrami" bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqida Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi."Asal bayrami"da respublikaning barcha hududlaridan 400 dan ortiq asalarichilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi subyektlar hamda qo‘shni davlatlardan kelgan asal yetishtiruvchilar ishtirok etishmoqda. Aytilishicha, so‘nggi 5-yil ichida asal ishlab chiqarish 17 ming tonnadan 35 ming tonnaga yetkazildi. Asalarichilik bilan shug‘ullanadigan subyektlar soni ham bugungi kunga kelib 40 mingdan ziyodni tashkil etadi.Asal bayrami 10-dekabrga qadar davom etadi. Eslatib o‘tamiz, oktabr oyida Namanganda “Xalqaro Asal festivali” o‘tkazilgan edi. Unda Qirg‘iziston, Qozog‘iston respublikalari, Rossiya Federatsiyasidan jami 100 dan ortiq asalarichilik bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlar va ekspertlar ishtirok etgan.
o‘zbekiston
qozog‘iston
qirg‘iziston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/15/40188033_112:0:1000:666_1920x0_80_0_0_aa8f50a5dc29be3072c84273f4c13fc1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent asal bayrami “anhor-lokomotiv” parki
toshkent asal bayrami “anhor-lokomotiv” parki
Toshkentda "Asal bayrami" bo‘lib o‘tmoqda
"Asal bayrami"da respublikaning barcha hududlaridan 400 dan ortiq asalarichilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar hamda qo‘shni davlatlardan kelgan asal yetishtiruvchilar ishtirok etishmoqda.
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Toshkentdagi “Anhor-Lokomotiv” parkining markaziy hududida “Asal bayrami" bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqida Qishloq xo‘jaligi vazirligi
xabar berdi. "Asal bayrami"da respublikaning barcha hududlaridan 400 dan ortiq asalarichilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi subyektlar hamda qo‘shni davlatlardan kelgan asal yetishtiruvchilar ishtirok etishmoqda.
"Ular orasida Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan kelgan vakillar bor. Ular asalning 10 dan ortiq turi va asalarichilik mahsulotlarini namoyish etishmoqda", — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, so‘nggi 5-yil ichida asal ishlab chiqarish 17 ming tonnadan 35 ming tonnaga yetkazildi. Asalarichilik bilan shug‘ullanadigan subyektlar soni ham bugungi kunga kelib 40 mingdan ziyodni tashkil etadi.
"Haqiqiy asaldan tatib ko‘rish va tog‘ asali hamda boshqa o‘simliklar gullaridan olingan asallarning bir-biridan o‘zgacha ta’mini his qilmoqchi bo‘lsangiz "Asal bayrami"ga tashrif buyuring", — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Asal bayrami 10-dekabrga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, oktabr oyida Namanganda “Xalqaro Asal festivali” o‘tkazilgan edi. Unda Qirg‘iziston, Qozog‘iston respublikalari, Rossiya Federatsiyasidan jami 100 dan ortiq asalarichilik bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlar va ekspertlar
ishtirok etgan.