SSSR Qahramoni Aleksandr Soluyanov vafot etdi

CC BY-SA 4.0 / / Soluyanov Aleksandr PetrovichGeroy SSSR Aleksandr Soluyanov
Geroy SSSR Aleksandr Soluyanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2023
Obuna bo‘lish
Aleksandr Soluyanov 70 yoshga to‘lishiga bir necha kun qolganida vafot etdi.
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Kengashi deputati bo‘lgan Sovet Ittifoqi Qahramoni Aleksandr Soluyanov vafot etdi. Bu haqda Sevastopol desantchilar faxriylari ittifoqiga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.

"2023 yil 2-dekabr kuni Havo-desant kuchlari faxriysi, Sovet Ittifoqi Qahramoni, general-mayor Aleksandr Soluyanov vafot etganini afsus bilan bildiramiz. Uning xotirasi desantchilar qalbida chinakam sarkarda va ajoyib inson sifatida mangu saqlanib qoladi", — deyiladi nekrologda.

Aleksandr Soluyanov 1953-yilda Orenburg viloyatida tug‘ilgan. Afg‘onistonda Sovet qo‘shinlari safida xizmat qilgan. Xizmat davomida ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun unga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.
Afg‘onistondan qaytgach, M.V. Frunze nomidagi harbiy Akademiyasida tahsil olgan va 1987-yildan Farg‘onada xizmat qilgan. U yerda 387-alohida o‘quv parashut polkiga qo‘mondonlik qilgan, keyin shtab boshlig‘i va garnizon boshlig‘i bo‘lib xizmat qilgan.
1990—1995-yillarda O‘zbekiston respublikasi Oliy Kengashi deputati, Mudofaa, davlat xavfsizligi va harbiy siyosat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari bo‘lgan.
Aleksandr Soluyanov 70 yoshga to‘lishiga bir necha kun qolganida vafot etdi.
Yangiliklar lentasi
0