https://oz.sputniknews.uz/20231203/engil-atletika-ozbekiston-terma-jamoasi-parij-2024-yollanma-41375274.html
Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Parij-2024 yo‘llanmasiga ega bo‘ldi
Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Parij-2024 yo‘llanmasiga ega bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Shohruh Davlatov 38-yil avval o‘rnatilgan milliy rekordni yangiladi.
2023-12-03T18:15+0500
2023-12-03T18:15+0500
2023-12-03T18:15+0500
sport
o‘zbekiston
parij
yengil atletika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/10/33969824_0:0:701:395_1920x0_80_0_0_72fd2425ab9c93e365256fe7dfe1466e.jpg
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shohruh Davlatov marafon dasturida Parij-2024 yo‘llanmasiga ega bo‘ldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.Yarim marafon bo‘yicha milliy rekord sohibi Shohruh Davlatov marafon dasturida (42 km, 195 metr) Parij-2024 Olimpiada normativini bajarishga muvaffaq bo‘ldi.U Ispaniyada o‘tgan nufuzli “Valencia Marathon Trinidad Alfonso” musobaqasidagi natijasi orqali 4-yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.Davlatov mazkur turnirda 2:07:02 (2 soat, 7 daqiqa, 2 soniya) natija qayd etdi. Bu Parij-2024 Olimpiadasi uchun qo‘yilgan talabdan 1 daqiqa, 8 soniya yaxshiroq natija.Atlet ushbu natijaga erishish uchun so‘nggi ikki yil ichida bir necha oy dunyoning eng kuchli marafonchilari yetishib chiqqan Keniyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etdi. Bu O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 Olimpiadasiga qo‘lga kiritgan 15-yo‘llanmasi.Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprel oyida Tojikistonda “Dushanbe XIII xalqaro yarim marafon” musobaqasi bo‘lib o‘tgan edi. Unda Shohruh Davlatov 1:01:24 hamda Yekaterina Tunguskova 1:13:31 vaqt ko‘rsatib, oltin medalni qo‘lga kiritishgan.
o‘zbekiston
parij
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/10/33969824_39:0:652:460_1920x0_80_0_0_b604016b89167dd8f82b7dcb2a35a5c8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shohruh davlatov milliy rekord
shohruh davlatov milliy rekord
Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Parij-2024 yo‘llanmasiga ega bo‘ldi
Shohruh Davlatov 38-yil avval o‘rnatilgan milliy rekordni yangiladi.
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shohruh Davlatov marafon dasturida Parij-2024 yo‘llanmasiga ega bo‘ldi, deya xabar berdi
Milliy olimpiya qo‘mitasi. Yarim marafon bo‘yicha milliy rekord sohibi Shohruh Davlatov marafon dasturida (42 km, 195 metr) Parij-2024 Olimpiada normativini bajarishga muvaffaq bo‘ldi.
U Ispaniyada o‘tgan nufuzli “Valencia Marathon Trinidad Alfonso” musobaqasidagi natijasi orqali 4-yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Davlatov mazkur turnirda 2:07:02 (2 soat, 7 daqiqa, 2 soniya) natija qayd etdi. Bu Parij-2024 Olimpiadasi uchun qo‘yilgan talabdan 1 daqiqa, 8 soniya yaxshiroq natija.
“Shohruh ushbu ko‘rsatkich bilan 38-yil avval o‘rnatilgan milliy rekordni (2:13:28) ham yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Musobaqada Davlatov umumiy hisobda 19-o‘rinni egallagan”, — deyiladi xabarda.
Atlet ushbu natijaga erishish uchun so‘nggi ikki yil ichida bir necha oy dunyoning eng kuchli marafonchilari yetishib chiqqan Keniyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etdi. Bu O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 Olimpiadasiga qo‘lga kiritgan 15-yo‘llanmasi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprel oyida Tojikistonda “Dushanbe XIII xalqaro yarim marafon” musobaqasi bo‘lib o‘tgan edi. Unda Shohruh Davlatov 1:01:24 hamda Yekaterina Tunguskova 1:13:31 vaqt ko‘rsatib, oltin medalni
qo‘lga kiritishgan.