Mirziyoyev Dubayda ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi — batafsil

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vistupil na Konferensii OON po voprosam izmeneniya klimata i provel rad dvustoronnix vstrech
Shavkat Mirziyoyev vistupil na Konferensii OON po voprosam izmeneniya klimata i provel rad dvustoronnix vstrech - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2023
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev Dubay shahrida o‘tayotgan Butunjahon iqlim sammiti doirasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 1-dekabr kuni Dubay shahrida o‘tayotgan Butunjahon iqlim sammiti doirasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu nufuzli moliyaviy institut bilan amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Bankning O‘zbekistondagi investitsiyalari 3,5 milliard yevrodan oshgani, loyihalar portfelining 60 foizi xususiy sektorga to‘g‘ri kelayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Mamlakatda qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Kelgusi yilda Xorijiy investorlar kengashi navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vistupil na Konferensii OON po voprosam izmeneniya klimata i provel rad dvustoronnix vstrech
Shavkat Mirziyoyev vistupil na Konferensii OON po voprosam izmeneniya klimata i provel rad dvustoronnix vstrech - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2023
Shavkat Mirziyoyev vistupil na Konferensii OON po voprosam izmeneniya klimata i provel rad dvustoronnix vstrech
Mirziyoyev Malayziya podshohi Sulton Abdulloh Rioyatuddin Al-Mustafo Billoh Shoh bilan uchrashdi. O‘zbekiston bilan Malayziya o‘rtasidagi munosabatlarni, eng avvalo, iqtisodiy sohada yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ikki tomonlama aloqalar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Sheriklik kun tartibini aniq amaliy mazmun bilan boyitish maqsadida kelgusi yilda Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi hamda qo‘shma biznes forumini o‘tkazishga kelishib olindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vistupil na Konferensii OON po voprosam izmeneniya klimata i provel rad dvustoronnix vstrech
Shavkat Mirziyoyev vistupil na Konferensii OON po voprosam izmeneniya klimata i provel rad dvustoronnix vstrech - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2023
Shavkat Mirziyoyev vistupil na Konferensii OON po voprosam izmeneniya klimata i provel rad dvustoronnix vstrech
Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi. Keng ko‘lamli strategik sheriklikni yanada kengaytirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish borasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi, shu jumladan O‘zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
Prezident Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan uchrashdi. O‘zbekiston bilan Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zaro savdodagi ijobiy sur’at mamnuniyat bilan qayd etildi. Avtomobil va havo kommunikatsiyalari, turizm, hududlararo va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash kabi sohalarda shartnoma-huquqiy asoslarni takomillashtirishdan manfaatdorlik bildirildi. Kelgusi yilda qo‘shma Hukumatlararo qo‘mita va Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishlarini o‘tkazishga kelishildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vistupil na Konferensii OON po voprosam izmeneniya klimata i provel rad dvustoronnix vstrech
Shavkat Mirziyoyev vistupil na Konferensii OON po voprosam izmeneniya klimata i provel rad dvustoronnix vstrech - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2023
Shavkat Mirziyoyev vistupil na Konferensii OON po voprosam izmeneniya klimata i provel rad dvustoronnix vstrech
Shavkat Mirziyoyev Indoneziya prezidenti Joko Vidodo bilan uchrashdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Barcha darajalardagi o‘zaro muloqotlarning bugungi holati va ikki tomonlama savdodagi ijobiy sur’at mamnuniyat bilan qayd etildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vistupil na Konferensii OON po voprosam izmeneniya klimata i provel rad dvustoronnix vstrech
Shavkat Mirziyoyev vistupil na Konferensii OON po voprosam izmeneniya klimata i provel rad dvustoronnix vstrech - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2023
Shavkat Mirziyoyev vistupil na Konferensii OON po voprosam izmeneniya klimata i provel rad dvustoronnix vstrech
Mirziyoyev BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi ijrochi kotibi Ibrohim Tiav bilan uchrashuv o‘tkazdi. 2024-yilda Saudiya Arabistonida bo‘lajak konferensiya davomida Chang va qum bo‘ronlari bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasini qabul qilish masalasini birgalikda ilgari surish muhimligi ta’kidlandi. Toshkent shahridagi Markaziy Osiyo iqlim o‘zgarishi universiteti negizida ilmiy hamkorlik va tadqiqotlar o‘tkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vistupil na Konferensii OON po voprosam izmeneniya klimata i provel rad dvustoronnix vstrech
Shavkat Mirziyoyev vistupil na Konferensii OON po voprosam izmeneniya klimata i provel rad dvustoronnix vstrech - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2023
Shavkat Mirziyoyev vistupil na Konferensii OON po voprosam izmeneniya klimata i provel rad dvustoronnix vstrech
Prezident Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Kommunikatsion texnologiyalar, farmatsevtika, fan va ta’lim, sog‘liqni saqlash, an’anaviy tibbiyot va yoga sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish va qo‘shma dasturlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vistupil na Konferensii OON po voprosam izmeneniya klimata i provel rad dvustoronnix vstrech
Shavkat Mirziyoyev vistupil na Konferensii OON po voprosam izmeneniya klimata i provel rad dvustoronnix vstrech - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2023
Shavkat Mirziyoyev vistupil na Konferensii OON po voprosam izmeneniya klimata i provel rad dvustoronnix vstrech
Yangiliklar lentasi
0