Boks bo‘yicha JCh: 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi finalga chiqdi

© NOKChM po boksu: 7 bokserov iz Uzbekistana vishli v final
ChM po boksu: 7 bokserov iz Uzbekistana vishli v final - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2023
Obuna bo‘lish
7 nafar o‘zbekistonlik bokschilar o‘z jangini muvaffaqiyatli o‘tkazib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Armanistonda boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining yarim final janglari ortda qoldi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 11 nafar vakili bahs olib bordi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
7 nafar o‘zbekistonlik bokschilar o‘z jangini muvaffaqiyatli o‘tkazib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Dasturga ko‘ra, bugun dam olish kuni. Chempionlik janglari 3-4 dekabr kunlari o‘tkaziladi.
Finalga yo‘l olgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari:
-46 kg: Maftuna Musurmonova;
-57 kg: Sevara Mamatova;
-75 kg: Maftuna Yangiyeva;
+80 kg: Sobiraxon Shahobiddinova;
-60 kg: Feruzjon Sa’dullayev;
-63 kg: Hikmatillo O‘lmasov;
+80 kg: Islom Salihov.
Musobaqani bronza medali bilan yakunlaganlar:
-46 kg: Abdurahmon Mahmudjonov;
-66 kg: Akbar Ahmadov;
-50 kg: Husan Qahhorov;
-70 kg: Norbek Abdullayev.
Yangiliklar lentasi
0