Xitoy kompaniyalari Sirdaryoda ip va mato ishlab chiqaruvchi korxona quradi

© Xokimiyat Sirdarinskoy oblastiKitayskie kompanii postroyat v Sirdarye zavod po proizvodstvu nitey i tkaney
Kitayskie kompanii postroyat v Sirdarye zavod po proizvodstvu nitey i tkaney - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2023
Obuna bo‘lish
Viloyat hokimi Xitoyning yetakchi kompaniyalari vakillarini qabul qildi.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Xitoy kompaniyalari Sirdaryo viloyatida qamishdan ip va mato ishlab chiqaruvchi korxona qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Viloyat hokimi Xitoyning yetakchi kompaniyalari vakillarini qabul qildi. Muloqot davomida hamkorlikni kengaytirishga oid yangi loyiha va takliflar ko‘rib chiqildi.
Ma’lum qilinishicha, xitoylik sarmoyadorlar viloyat hududidagi o‘zlashtirilmagan, ball boniteti past va sho‘rlanish darajasi yuqori 10 ming gektar maydonida qamish yetishtirish, uni qayta ishlash yo‘li bilan import o‘rnini bosuvchi tayyor mahsulotlar, jumladan mebelsozlikda keng foydalaniladigan xomashyo - MDF, DSP, shuningdek, qamish tolasidan ip va mato ishlab chiqarishni maqsad qilgan.
Loyihaning umumiy qiymati 100 mln AQSh dollari bo‘lib, asosiy ishlab chiqarish quvvatlari “Sirdaryo” EIZ Yangiyer shahar hududiga joylashtirilishi nazarda tutilmoqda.
Viloyat hokimi qishloq xo‘jaligi va qurilish sohasi rivoji uchun muhim bo‘lgan mazkur loyihani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha loyihaning texnik shartlarini ishlab chiqish va amaliy bosqichga o‘tishga kelishildi.
Yangiliklar lentasi
0