Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya motoo‘qchilari Ugledar yaqinida bir nechta yollanma askarlarni yo‘q qildi

© Sputnik / Aleksey MayshevRossiyskie voyennie v zone provedeniya spetsoperatsii. Arxivnoe foto
Rossiyskie voyennie v zone provedeniya spetsoperatsii. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2023
Obuna bo‘lish
Motoo‘qchilar kun davomida maxsus harbiy operatsiyaning Yujnodonesk yo‘nalishidagi Ugledar yaqinidagi janglarda Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalarining to‘rtta hujumini qaytardi.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. “Vostok” qo‘shinlari guruhining motoo‘qchilari Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalari tarkibida Ugledar yaqinida jang qilgan bir qancha xorijiy yollanma askarlarni yo‘q qildi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Motoo‘qchilar kun davomida faol mudofaa paytida maxsus harbiy operatsiyaning Yujnodonesk yo‘nalishidagi Ugledar yaqinidagi janglarda Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalarining to‘rtta hujumini qaytardi.
Vazirlikning aniqlik kiritishicha, mudofaa uchastkalarid an birida Zabaykal o‘lkasidan chaqiruv belgisi “Gavz” bo‘lgan vzvod komandiri bilan olti nafar askar artilleriya o‘qlari va minomotlar ko‘magida dushmanning ustun qo‘shinlarining hujumlarini qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.
“Ushbu to‘qnashuvda Ukraina Qurolli kuchlarining hujumchi bo‘linmalari tarkibida bir nechta xorijiy yollanma askarlarning ishtirok etgani tasdiqlandi, ular jang paytida bizning motoo‘qchilarimiz tomonidan yo‘q qilindi”, - deb tushuntirdi Rossiya harbiyidorasi.
Shuningdek, jang natijasida motoo‘qchilar dushmanning uchta pikapini ham yo‘q qilgan, ularda Ukraina Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari bilan birga xorijiy yollanma askarlar ham bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, jasorat hamda malakali va muvofiqlashtirilgan harakatlar tufayli Zabaykal harbiylari ushbu jangdan yo‘qotishlarsiz chiqdi.
Mudofaa vazirligining bir kun oldingi xabariga ko‘ra, Kiyev bir kunda Yujnodonesk yo‘nalishida yuzga yaqin harbiy xizmatchi, shuningdek, oltita texnikani yo‘qotgan.
Yangiliklar lentasi
0