Qozog‘iston bilan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi

© Torgovo-promishlennaya palata Uzbekistana Flagi Uzbekistana i Kazaxstana. Illyustrativnoe foto
Flagi Uzbekistana i Kazaxstana. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2023
Obuna bo‘lish
Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnoma ratifikatsiya qilindi.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

"Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-882, 30.11.2023 y.) bilan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnoma ratifikatsiya qilindi", - deyilgan xabarda.

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev o‘tgan yilning 22-dekabrida O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzolagandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma ikki mamlakat hamkorligini ittifoqchilik munosabatlari darajasiga olib chiqishni nazarda tutadi.
Unda oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar mexanizmini takomillashtirish, ikki tomonlama munosabatlar masalalari va o‘zaro manfaatli dolzarb xalqaro muammolar yuzasidan muntazam fikr almashish va pozitsiyalarni kelishish ko‘zda tutilgan.
Shartnomaga ko‘ra, tomonlar bir-biriga qarshi qaratilgan kuch ishlatish yoki tahdid qilishdan bosh tortish majburiyatini tasdiqlaydilar.
Yangiliklar lentasi
0