O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida agrar sohada hamkorlik mustahkamlanmoqda — tafsilotlar

© Ministerstvo selskogo xozaystva Uzbekistan i Rossiya: sotrudnichestvo v agrarnoy sfere ukreplyayetsya
 Uzbekistan i Rossiya: sotrudnichestvo v agrarnoy sfere ukreplyayetsya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2023
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida agrar sohada hamkorlik mustahkamlanmoqda. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 29-noyabr kuni O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev raisligida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik bo‘yicha Quyi kommissiyaning 5-yig‘ilishi onlayn shaklda bo‘lib o‘tdi.
© Ministerstvo selskogo xozaystva Uzbekistan i Rossiya: sotrudnichestvo v agrarnoy sfere ukreplyayetsya
 Uzbekistan i Rossiya: sotrudnichestvo v agrarnoy sfere ukreplyayetsya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2023
Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Tomonlar ikki davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ayirboshlash hajmini oshirish choralari ko‘rilishini kelishib oldilar. Xususan, O‘zbekiston meva-sabzavot, quritilgan mevalar, meva-sabzavot konservalari, go‘sht va go‘sht mahsulotlari eksportini, shuningdek, Rossiya bug‘doyi, kungaboqar yog‘i, shakar va boshqa tovarlar importini ko‘paytirish rejalashtirilgan.
Akvakultura, veterinariya va chorvachilik, parrandachilik, karantin va o‘simliklarni himoya qilish, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Bundan tashqari, tomonlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma “Yo‘l xaritasi”ni yangilashga kelishib oldilar.
Yangiliklar lentasi
0