https://oz.sputniknews.uz/20231201/mirziyoev-cop28-sammiti-41354890.html
Mirziyoyev COP28 sammitida qanday muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Mirziyoyev COP28 sammitida qanday muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dubay shahrida o‘tayotgan BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining (COP28) asosiy yalpi sessiyasi ishida ishtirok etdi.Mirziyoyev hozirgi davrda iqlim muammolari jahondagi barqaror rivojlanish yo‘lida eng asosiy tahdidga aylanib ulgurganini ta’kidladi.
2023-12-01T19:03+0500
2023-12-01T19:03+0500
2023-12-01T19:09+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
dubay
iqlim o‘zgarishi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/01/41353404_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_93fe46cb9482008764725a5b50626fd9.jpg
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dubay shahrida o‘tayotgan BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining (COP28) asosiy yalpi sessiyasi ishida ishtirok etdi.Mirziyoyev hozirgi davrda iqlim muammolari jahondagi barqaror rivojlanish yo‘lida eng asosiy tahdidga aylanib ulgurganini ta’kidladi. Iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari zamonamizning eng ayanchli ekologik inqirozlaridan biri – Orol fojiasi tufayli Markaziy Osiyo va unga yondosh mintaqalarda ayniqsa jiddiy sezilmoqda.Mamlakat yetakchisi yig‘ilganlarning e’tiborini ayrim faktlarga qaratdi.Masalan, Markaziy Osiyoda havo haroratining oshishi jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘p, so‘nggi yillarda favqulodda issiq kunlar soni 2-marta ortdi, muzliklar maydonining uchdan bir qismi erib yo‘qoldi.Tuproq yemirilishi, muntazam chang va qum bo‘ronlari, ichimlik suvi taqchilligi, havo iflaslanishi, bioxilma-xillik qisqarishi, hosildorlikning keskin pasayishi va ko‘plab boshqa muammolar mintaqada istiqomat qilayotgan millionlab odamlarning turmushi sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.Prezident “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va uglerod neytralligiga erishish Yangi O‘zbekistonning ustuvor strategik vazifasi ekanini ta’kidladi.Tadbir kun tartibidagi asosiy masalalarga o‘tar ekan, O‘zbekiston yetakchisi qator takliflarni ilgari surdi.Jumladan, prezident Parij shartnomasi doirasida Iqlim o‘zgarishiga moslashish sohasidagi Global hadli mexanizmni tezroq kelishishga chaqirdi.Shu ma’noda, Markaziy Osiyo iqlim muloqoti platformasida ishlab chiqilayotgan Moslashuv strategiyasi qayd etildi.Davlat rahbari kecha “Yo‘qotish va zararlar” global jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan qarorni yuksak baholadi.Ushbu mexanizmlar Jahon banki va xalqaro moliya institutlari tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanishi, eng avvalo, iqlim o‘zgarishidan katta aziyat chekayotgan mamlakatlarga salmoqli yordam beradi.Global miqyosda kam uglerodli iqtisodiyotga o‘tish adolatli, shaffof va inklyuziv bo‘lishi zarurligi, bunda rivojlanayotgan davlatlarning manfaatlari albatta inobatga olinishi juda muhimligi qayd etildi.Bu dolzarb muammoni muntazam ravishda, shu jumladan “Katta yettilik” va “Katta yigirmalik” formatlari kun tartiblarida ko‘rib chiqib borish taklif qilindi.Orolbo‘yi hududini Innovatsiyalar, texnologiyalar va yangi imkoniyatlar mintaqasiga aylantirish uchun Mirziyoyev bu yerda ilg‘or bilim, tajriba va yechimlarni qo‘llash maqsadida Iqlim texnologiyalari xalqaro ekspo-xabini yaratishda barchani yaqin hamkorlikka taklif etdi.Bundan tashqari, prezident Toshkentdagi “Yashil universitet” negizida tashkil etilayotgan Iqlim ilmiy forumi doirasida yaqin ilmiy almashinuvni yo‘lga qo‘yish va qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazishga chaqirdi.Yer degradatsiyasining oldini olish, suvdan oqilona foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini kafolatli ta’minlash va boshqa o‘tkir masalalar forumning kun tartibidan joy oladi.Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan 2024-yili O‘zbekistonda “Iqlim migratsiyasi” mavzusida konferensiyani o‘tkazish rejalashtirilgan.Davlat rahbari Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda “Yashil bandlik” dasturini ishlab chiqish, Iqlim o‘zgarishining bandlikka ta’sirini modellashtirish markazini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.Iqlim muammolarini samarali yechishga yoshlarni faol jalb qilish uchun mamlakat BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining Yoshlar forumini tashkil etishga tayyor ekani qayd etildi.O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha umumbashariy g‘oyalarga doimo sodiqdiligini tasdiqlab, Mirziyoyev kelgusi yili Samarqand xalqaro iqlim forumini o‘tkazish va Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy yondashuvlari o‘z ifodasini topgan BMT Bosh Assambleyasining alohida rezolyutsiyasini qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.COP28 asosiy yalpi sessiyasi ishida dunyoning 170 dan ziyod mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar rahbarlari qatnashmoqda.
dubay
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/01/41353404_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_625e2c37499a41f423d5b76ed5bdd6a6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev bmt iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi (cop28)
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev bmt iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi (cop28)
Mirziyoyev COP28 sammitida qanday muhim tashabbuslarni ilgari surdi
19:03 01.12.2023 (yangilandi: 19:09 01.12.2023) O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha umumbashariy g‘oyalarga doimo sodiqdiligini tasdiqladi.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dubay shahrida o‘tayotgan BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining (COP28) asosiy yalpi sessiyasi ishida
ishtirok etdi. Mirziyoyev hozirgi davrda iqlim muammolari jahondagi barqaror rivojlanish yo‘lida eng asosiy tahdidga aylanib ulgurganini ta’kidladi. Iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari zamonamizning eng ayanchli ekologik inqirozlaridan biri – Orol fojiasi tufayli Markaziy Osiyo va unga yondosh mintaqalarda ayniqsa jiddiy sezilmoqda.
Mamlakat yetakchisi yig‘ilganlarning e’tiborini ayrim faktlarga qaratdi.
Masalan, Markaziy Osiyoda havo haroratining oshishi jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘p, so‘nggi yillarda favqulodda issiq kunlar soni 2-marta ortdi, muzliklar maydonining uchdan bir qismi erib yo‘qoldi.
Tuproq yemirilishi, muntazam chang va qum bo‘ronlari, ichimlik suvi taqchilligi, havo iflaslanishi, bioxilma-xillik qisqarishi, hosildorlikning keskin pasayishi va ko‘plab boshqa muammolar mintaqada istiqomat qilayotgan millionlab odamlarning turmushi sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Prezident “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va uglerod neytralligiga erishish Yangi O‘zbekistonning ustuvor strategik vazifasi ekanini ta’kidladi.
Tadbir kun tartibidagi asosiy masalalarga o‘tar ekan, O‘zbekiston yetakchisi qator takliflarni ilgari surdi.
Jumladan, prezident Parij shartnomasi doirasida Iqlim o‘zgarishiga moslashish sohasidagi Global hadli mexanizmni tezroq kelishishga chaqirdi.
Shu ma’noda, Markaziy Osiyo iqlim muloqoti platformasida ishlab chiqilayotgan Moslashuv strategiyasi qayd etildi.
Davlat rahbari kecha “Yo‘qotish va zararlar” global jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan qarorni yuksak baholadi.
Ushbu mexanizmlar Jahon banki va xalqaro moliya institutlari tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanishi, eng avvalo, iqlim o‘zgarishidan katta aziyat chekayotgan mamlakatlarga salmoqli yordam beradi.
Global miqyosda kam uglerodli iqtisodiyotga o‘tish adolatli, shaffof va inklyuziv bo‘lishi zarurligi, bunda rivojlanayotgan davlatlarning manfaatlari albatta inobatga olinishi juda muhimligi qayd etildi.
Bu dolzarb muammoni muntazam ravishda, shu jumladan “Katta yettilik” va “Katta yigirmalik” formatlari kun tartiblarida ko‘rib chiqib borish taklif qilindi.
Orolbo‘yi hududini Innovatsiyalar, texnologiyalar va yangi imkoniyatlar mintaqasiga aylantirish uchun Mirziyoyev bu yerda ilg‘or bilim, tajriba va yechimlarni qo‘llash maqsadida Iqlim texnologiyalari xalqaro ekspo-xabini yaratishda barchani yaqin hamkorlikka taklif etdi.
Bundan tashqari, prezident Toshkentdagi “Yashil universitet” negizida tashkil etilayotgan Iqlim ilmiy forumi doirasida yaqin ilmiy almashinuvni yo‘lga qo‘yish va qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazishga chaqirdi.
Yer degradatsiyasining oldini olish, suvdan oqilona foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini kafolatli ta’minlash va boshqa o‘tkir masalalar forumning kun tartibidan joy oladi.
Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan 2024-yili O‘zbekistonda “Iqlim migratsiyasi” mavzusida konferensiyani o‘tkazish rejalashtirilgan.
Davlat rahbari Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda “Yashil bandlik” dasturini ishlab chiqish, Iqlim o‘zgarishining bandlikka ta’sirini modellashtirish markazini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.
Iqlim muammolarini samarali yechishga yoshlarni faol jalb qilish uchun mamlakat BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining Yoshlar forumini tashkil etishga tayyor ekani qayd etildi.
O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha umumbashariy g‘oyalarga doimo sodiqdiligini tasdiqlab, Mirziyoyev kelgusi yili Samarqand xalqaro iqlim forumini o‘tkazish va Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy yondashuvlari o‘z ifodasini topgan BMT Bosh Assambleyasining alohida rezolyutsiyasini qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
COP28 asosiy yalpi sessiyasi ishida dunyoning 170 dan ziyod mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar rahbarlari qatnashmoqda.