Shavkat Mirziyoyev Dubayga jo‘nab ketdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Dubayga jo‘nab ketdi
Shavkat Mirziyoyev Dubayga jo‘nab ketdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2023
Obuna bo‘lish
Prezident 30-noyabr – 2-dekabr kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etadi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dubay shahriga jo‘nab ketdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Prezident Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Dubayga jo‘nab ketdi.
Avval xabar qilinganidek, tashrif doirasida davlat rahbari global iqlim sammitining yalpi sessiyasida nutq so‘zlashi, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumatlari, xalqaro tashkilotlar va yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2023
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan BAAda bo‘ladi — tashrifdan maqsad
Yangiliklar lentasi
0