https://oz.sputniknews.uz/20231130/putin-genri-kissinjer-vafoti-hamdardlik-41328597.html
Putin Genri Kissinjerning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Putin Genri Kissinjerning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘tgan kecha AQShning sobiq davlat kotibi Genri Kissinjer 100 yoshida o‘zining Konnektikutdagi uyida vafot etgani ma’lum bo‘ldi.
2023-11-30T17:19+0500
2023-11-30T17:19+0500
2023-11-30T18:15+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
aqsh
vladimir putin
hamdardlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/1e/41325836_0:96:2048:1249_1920x0_80_0_0_0651152d7c1439a283b212336314aff6.jpg
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Genri Kissinjerning vafoti munosabati bilan marhumning rafiqasi Nensiga telegramma yuborib, hamdardlik bildirdi, deya xabar beradi Kreml sayti. Putinning ta’kidlashicha, Kissinjer nomi pragmatik tashqi siyosat yo‘nalishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, “bir vaqtning o‘zida xalqaro keskinlikning pasayishiga erishish va global xavfsizlikni mustahkamlashga hissa qo‘shgan eng muhim Sovet-Amerika kelishuvlariga erishish imkonini berdi.”Genri Kissinjer 1961-yildan beri AQSh prezidentlari Jon Kennedi va Lindon Jonsonning maslahatchisi sifatida faoliyat yuritib kelgan. 1969-1975 yillarda Richard Nikson va Jerald Ford ma’muriyatlarida AQSh prezidentining xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi bo‘lib ishlagan.1973 yildan 1977-yilgacha u Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi bo‘lib ishlagan va bu lavozimdagi ellik beshinchi hamda birinchi chet elda tug‘ilgan Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi bo‘lgan. Genri Kissinjer Amerikaning "moslashuvchan javob" doktrinasi mualliflaridan biridir. U G‘arb va Sharq o‘rtasidagi vaziyatni yumshatish va yadro qurollari ustidan nazorat o‘rnatish tarafdori edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/1e/41325836_0:0:2048:1537_1920x0_80_0_0_94a5b86a39aacfc9a8cc1f1ebf89d308.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh sobiq davlat kotibi genri kissinjer konnektikut putin
aqsh sobiq davlat kotibi genri kissinjer konnektikut putin
Putin Genri Kissinjerning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
17:19 30.11.2023 (yangilandi: 18:15 30.11.2023) O‘tgan kecha AQShning sobiq davlat kotibi Genri Kissinjer 100 yoshida o‘zining Konnektikutdagi uyida vafot etgani ma’lum bo‘ldi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Genri Kissinjerning vafoti munosabati bilan marhumning rafiqasi Nensiga telegramma yuborib, hamdardlik bildirdi, deya xabar beradi Kreml sayti.
"Turmush o‘rtog‘ingiz Genri Kissinjerning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardligimizni qabul qiling. Ko‘p o‘n yillar davomida butun dunyoda munosib obro‘ga ega bo‘lgan taniqli diplomat, dono va istiqbolli davlat arbobi vafot etdi", — deyiladi Rossiya federatsiyasi rahbarining xabarida.
Putinning ta’kidlashicha, Kissinjer nomi pragmatik tashqi siyosat yo‘nalishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, “bir vaqtning o‘zida xalqaro keskinlikning pasayishiga erishish va global xavfsizlikni mustahkamlashga hissa qo‘shgan eng muhim Sovet-Amerika kelishuvlariga erishish imkonini berdi.”
Genri Kissinjer 1961-yildan beri AQSh prezidentlari Jon Kennedi va Lindon Jonsonning maslahatchisi sifatida faoliyat yuritib kelgan. 1969-1975 yillarda Richard Nikson va Jerald Ford ma’muriyatlarida AQSh prezidentining xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi bo‘lib ishlagan.
1973 yildan 1977-yilgacha u Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi bo‘lib ishlagan va bu lavozimdagi ellik beshinchi hamda birinchi chet elda tug‘ilgan Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi bo‘lgan. Genri Kissinjer Amerikaning "moslashuvchan javob" doktrinasi mualliflaridan biridir. U G‘arb va Sharq o‘rtasidagi vaziyatni yumshatish va yadro qurollari ustidan nazorat o‘rnatish tarafdori edi.