Oltin baliqcha ertagi. Rossiyaga xiyonat qilgan oligarxlar kasodga uchramoqda
21:44 30.11.2023 (yangilandi: 11:37 01.12.2023)
© SputnikPassajir derjit posadochniy talon v mejdunarodnom aeroportu "Zvartnos".
© Sputnik
Obuna bo‘lish
Rossiyada non-tuz yeb, milliardlab daromad olgan, keyin esa tupurgan sobiq oligarx va milliarderlar chet elda xoru-zor bo‘lib o‘z xatolarini tan olmoqda.
Kecha Rossiya biznes hamjamiyatini qayg‘uli xabar hayratda qoldirdi: mahalliy logistika ustunlaridan biri, SDEK logistika operatorining asoschisi va asosiy investori Leonid Goldort chuqur xo‘rsinib, Rossiya endi usiz yashashga majbur bo‘lishini e’lon qildi va u Isroilga ko‘chib o‘tmoqda va albatta, o‘zining biznesdagi ulushini sotuvga qo‘yadi, chunki Isroilda xavfsiz va farovon hayot uchun juda ko‘p pul kerak, ayniqsa hozirgi vaziyatda.
Ehtimol, Leonid Yakovlevich qutilar va paketlarni tashish bilan juda band bo‘lib, G‘arbga oldinroq ko‘chib o‘tgan Rossiya biznesining undan kattaroq ustunlarining qayg‘uli hikoyalarni eshitmay qolgan. Rossiyani tark etgan sobiq milliarderlar Rossiya endi ulardan qarzdor emas, ularning yangi vatani G‘arb va umuman olganda, ular dunyo fuqarolari va “oltin milliard” yoki millionning (ehtimol “oltin ming”dir, kim biladi) bir qismi deb o‘ylagan edi, lekin keyin nimadir noto‘g‘ri ketdi.
Aks holda, u yaqinda Isroilga ko‘chib o‘tgan "Yandex" asoschilaridan biri Arkadiy Voloj voqeasi bilan yaqindan tanishishi mumkin edi. Voloj ham Isroilga qochib ketishdan oldin, tabiiyki, “ustun” bo‘lgan. Uni hamma hurmat qilgan, katta katta kabinetlarda yaxshi kutib olishgan va nufuzli kishilar bilan qo‘l berib ko‘risha olgan.
"Yandeks" asoschisi Goldgortga o‘zining “Oltin baliqcha” haqidagi ertagini aytib berishi mumkin. Ya’ni baxillik, G‘arb oldidagi qullik va o‘zi o‘sib ulg‘aygan vatanni mensimasligi unga qanchalik qimmatga tushganini aytib berishi mumkin edi.
Rossiya hukumati har tomonlama qo‘llab-quvvatlaganidan so‘ng “Yandeks” juda tez o‘sib monopolistga aylandi. Isroilga qochib ketgan Voloj o‘zning kompaniyadagi ulushini 7 milliardga baholadi. Lekin eng tavakkalchi biznesmenlar ham bunday narxga sotib olishga jur’at qilishmadi va unga nodo‘st mamlakat investorlari o‘z ulushini 50% chegirma bilan sotishi haqidagi majburiyatni eslatib qo‘yishdi.
Shu orada tegishli davlat organlari ham o‘ylay boshladi: nega biz bu yarim Malta-Isroillik ustun”ga buncha yaxshi munosabatda bo‘lishimiz kerak? Strategik ahamiyatga ega bo‘lgan kompaniyani Davlat nazoratiga olsak yaxshi emasmi?
Natijada "Yandeks"ning narxi besh milliardga tushdi, ammo o‘shanda ham uni sotib oluvchilar topilmadi. Va shunga qaramay, janob Voloj taslim bo‘lmadi va Internetdan Rossiya bilan bo‘lgan har qanday aloqalarini “tozalashni” boshladi va o‘zini "asli qozog‘istonlik ishbilarmon" deb atab, SVOni har tomonlama qoraladi.
Shundan so‘ng, hisob-kitoblarga ko‘ra, "Yandeks"ning bugungi qiymati 2,5 yarim milliard dollar atrofida va kompaniya oxir-oqibat milliylashtirilishi ham mumkin. Oxir oqibat janob Voloj esa Isroilda “teshik tog‘ora” bilan qolishi mumkin.
Rossiya biznesining “ustun”laridan yana biri "eng ilg‘or" bankir janob Tinkovning taqdiri ham xuddi shunday. Anchadan beri G‘arbga ko‘chib olgan Tinkov Rossiyani va maxsus operatsiyani tanqid qila boshladi, buning natijasida, o‘zi aytganidek, u o‘z bankini “Interros”ga arzon garovga sotishga majbur bo‘ldi. Yovuz va johil tillar aytishiga ko‘ra, aks holda bank shunchaki milliylashtirilgan bo‘lardi.
Rossiyaga qarshi bayonotlar G‘arbda janob Tinkovga ko‘p yordam bermadi va maxsus operatsiya boshlangandan so‘ng, Buyuk Britaniyada unga qarshi sanksiyalar joriy etildi. 2013-yil 27-oktabr holatiga AQSh Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, janob Tinkovga tegishli bo‘lgan barcha aksiyalarning bozor qiymati bir milliard dollardan ortiqni tashkil qilgan. 2022-yil mart oyida Tinkov 820 million dollarga ega edi. O‘tgan yilning may oyida esa sobiq bankirning o‘zi uning sobiq boyligidan atigi 200 million dollar qolganini aytdi.
Shu bilan birga, sobiq “ustun” hozir Qo‘shma Shtatlarda tergov qilinmoqda: Amerika rasmiylari uni soliq to‘g‘risida yolg‘on ma’lumot berganlikda ayblamoqda va u olti yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Rossiyaga yaqinda yana bir taniqli qochqin qaytib keldi - Alfa bank guruhi egasi Mixail Fridman. U birinchilar qatorida Buyuk Britaniyaga qochib ketib Britaniyaning turli sohalariga faol sarmoya kirita boshladi, kelajakda ritsar ordenini olishni orzu qilib turgan vaqtda inglizlar va Yevropa Ittifoqi unga qarshi sanksiyalar kiritdi (shunchaki u Rossiyadan bo‘lgani uchun) va barcha aktivlarni muzlatib qo‘ydi. Fridman o‘zi aytganidek uning hatto bog‘bon va uy bekasi yollashga ham puli yetmay qolgan. Oxir oqibat u “Biz Angliyaga sarmoya kiritganimiz ulkan xato bo‘lgan” deb tan oldi.
Isroilda o‘z omadini qisqacha sinab ko‘rganidan so‘ng u oxir-oqibat "yoqilg‘i quyish shoxobchasi" mamlakatiga qaytishga qaror qildi. London manzarasiga alam bilan qarab, janob Fridman shunday dedi: "Biz Angliyaga sarmoya kiritishimiz katta xatoga bo‘lgan".
Yana bir, oligarx emas, o‘tmishda shov-shuvli biznesmen Yevgeniy Chichvarkin o‘zining “Yevroset” savdo nuqtalari tarmog‘ini 350 millon dollarga sotib, Rossiyadan ko‘chib ketgan edi. Angliyada u “demokratiya va mutlaq ozodlik” havosidan nafas olib mahalliy elita bilan yaqinlashishga urindi. Bir vaqtning o‘zida u Rossiyaga qarshi faoliyat olib borib muxolifatchi Navalniy* bilan hamkorlik qildi.
Natijada sobiq millioner — bankrot bo‘ldi, uning oilasining barcha ko‘chmas mulki va biznesi garovga qo‘yilgan va yaxshi britaniyaliklar oldidagi qarzlar miqdori allaqachon uning barcha aktivlari qiymatidan oshib ketgan.
Yaqinda Chichvarkin oxiri tan oldin: "Putin aytganlarning hammasi haqiqat bo‘lib chiqdi. Biz mag‘lub bo‘ldik! Keling, buni tan olaylik".
Bunday misollarni ko‘p keltirish mumkin.
2002 yilda, Savdo-sanoat palatasining kongressida Putin Britaniya va boshqa G‘arb davlatlarini yaxshi ko‘radigan ishbilarmonlarga bu haqda yaxshilab o‘ylab ko‘rishni tavsiya qilgan edi – “Shunday vaziyat bo‘lishi mumkinki, siz pullaringizni qaytib Rossiya banklariga o‘tkaza olmay qolasiz. Xorijda muzlatilgan kapitallarni qaytarish uchun sudma-sud yugurib sarson bo‘lasiz!” – deb ogohlantirgan edi o‘shanda prezident.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan VEF yig‘ilishida Putin yana bir bor "Rossiyaga sarmoya kiritish, albatta, xavfsizroq va ishonchliroq" ekanligini ta’kidladi va G‘arbga ko‘z tikayotgan ishbilarmonlarni "qayta xato qilmaslikka" chaqirdi.
Ammo, Putinning so‘zlari Leonid Goldortga (SDEK) yetib bormagan ko‘rinadi. Demak biz hali yana ko‘p marta "xato qilgan", “uni noto‘g‘ri tushunishgan” va “aslida Rossiyani yaxshi ko‘radigan” ustunlar haqida eshitamiz.
Aslida hamma ularni tushunib bo‘ldi. Xulosalar keyinroq chiqariladi.
* Chet el agenti funksiyalarini bajaruvchi jismoniy shaxs.